7-iyulda kimlar tug’ilgan?
– 1119 – imperator Sutoku (1164) – Yaponiyaning 75-imperatori (1123-1142).
– 1422 – Abulqosim Bobur (1457) – temuriylardan, Boysunqur Mirzoning oʻgʻli.
– 1746 – Juzeppe Pyassi (1826) – Italyan astranomi, birinchi kichik sayyora – Sererani ochgan olim.
– 1797 – Imom Shomil (1871) Kavkaz tog’liklarining yetakchisi, Shimoliy Kavkaz imomati boshlig’i.
– 1844 – Kamillo Goldji (1926) – italiyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
– 1882 – Yanka Kupala (1942) – mashhur belorus shoiri va yozuvchisi.
– 1887 – Mark Shagall (1985) – kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan rus, belorus va fransuz rassomi, 20-asr badiiy avangardining taniqli vakillaridan biri.
– 1893 – Kashiyeva Qaysar (1972) – rassomlik tahsilini olgan ilk ozarbayjon ayoli.
– 1924 – Natalya Bextereva (2008) – sovet va rus neyrofiziologi, yirik miya tadqiqotchisi.
– 1934 – Normurod Narzullayev – Oʻzbekiston xalq shoiri (2000).
– 1943 – Toto Kutuno – Mashhur italyan qo‘shiqchisi va kompozitori.
– 1960 – Odilov Hasan – yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi (2002).
– 1962 – Janna Aguzarova – sovet va rus qo’shiqchisi, “Bravo” guruhining sobiq vokalisti.
– 1985 – Azizbek Haydarov – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
– 1993 – Shahram Gʻiyosov – oʻzbekistonlik professional bokschi, jahon chempioni, O‘zbekiston iftixori.
– 2002 – Kamola Irnazarova – badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbeksportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi