8-fevralda qanday voqealar sodir bo’lgan?
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Skautlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Yuraklarni berish kuni.
🇮🇷 Eron – Habiy havo kuchlari kuni.
🇵🇱 Polsha – Qamoqxona xizmati kuni.
🇷🇺 Rossiya – Ilm-fan kuni.
🇸🇮 Sloveniya – Presheren kuni(Sloven madaniyati kuni).
🇱🇺 Lyuksemburg – Muhandislar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 421 – Konstansiy III Gʻarbiy Rim imperiyasining hamimperatori boʻldi.
– 1250 – 7-salib yurishlari: Al-Mansur yaqinidagi jang.
– 1575 – Leyden (Niderlandiya) da universitetga asos solindi.
– 1587 – Shotlandiya qirolichasi, Angliya taxtiga da’vogar Mariya Styuartning boshi tanasidan judo qilindi.
– 1692 – Salem jodugarlari ishi boshlandi.
– 1724 – Pyotr I qarori bilan Peterburg fanlar akademiyasi tashkil topdi.
– 1726 – Yekaterina I maxfiy kengash tuzdi.
– 1815 – Vena kongressida qul savdosini ta’qiqlovchi deklaratsiya qabul qilindi.
– 1816 – Shotlandiyada dunyoda birinchi marta politsiya operatsiyasiga it jalb qilindi.
– 1837 – Pushkin va Jorj Dantes o‘rtasida duel bo‘lib o‘tdi.
– 1838 – Semyuel Morze ommaga birinchi bo‘lib elektromagnit telegraf tizimi ishlashini ko‘rsatib berdi.
– 1879 – Stanford Fleming Yerda Vaqt mintaqasi joriy qilishni taklif etdi.
– 1881 – Ingogo jangida burlar inglizlar ustidan g‘alaba qozonishdi.
– 1887 – AQSh kongressi Devid aktini tasdiqladi.
– 1904 – Rus-yapon urushining boshlanishi.
– 1904 – AQSh da boyskautlar tashkiloti tuzildi.
– 1918 – Tbilisi davlat universiteti ochildi.
– 1919 – Rossiyada “Xalqaro tizim bo’yicha vaqtni hisoblash tizimini joriy etish to’g’risida” gi farmon e’lon qilindi.
– 1929 – Kamov o‘zi yasagan uchish apparatiga “vertolyot” deb nom berdi.
– 1948 – Koreya xalq armiyasi rasman tuzildi.
– 1963 – Iroqda harbiy davlat to‘ntarishi: Baas partiyasi hukmronligi o‘rnatildi.
– 1971 – NASDAQ birjasida birinchi kelishuvlar amalga oshirildi.
– 1984 – Sarayevoda (Yugoslaviya) XIV Qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 1992 – Fransiyaning Albervil shahrida 16-qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 2002 – Solt-Leyk-Siti shahrida (AQSh) XIX qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
– 2005 – Ozarbayjonda Apsheron milliy parki ochildi.