8-iyulda qanday voqealar sodir bo’lgan? – Ilm va faktlar

8-iyulda qanday voqealar sodir bo’lgan?

8-iyulda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya – Oila, sevgi va sadoqat kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Nogironlar va keksalar kuni.
🇺🇦 Ukraina  – Oila kuni.

👉 VOQEALAR:

– Mil. av. 52 – Parij (Lyutetsiya) tashkil topgan kun.
– 1497 – Vasko da Gama boshchiligidagi Yevropadan Hindistonga birinchi dengiz  ekspeditsiyasi Lissabondan jo’nadi.
– 1618 – Mariya de Medichining xizmatkori fransuz malikasini «sehrlaganligi» uchun qatl etildi.
– 1659 – Qonotop jangi.
– 1686 – Buda qamali.
– 1709 – Shimoliy urush: Poltava jangi.
– 1777 – Vermont qullikni bekor qilgan birinchi shtatga aylandi.
– 1796 – AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi.
– 1916 – Turkiston va dasht viloyatlarining 400 ming aholisini majburiy mehnatga jalb qilish to’g’risidagi qaror. Qozoq qabilalarining ommaviy qo’zg’oloni shafqatsizlarcha bostirildi.
– 1920 – Ingliz mustamlakasi Sharqiy Afrika  Keniya deb nomlandi.
– 1969 – Vyetnam urushi: Janubiy Vyetnamdan Amerika qo’shinlarining chiqarilishi boshlandi, bu uch yarim yil ichida yakunlandi.
– 1974 – KPSS Markaziy Komiteti Baykal-Amur temir yo’lini (BAM) qurish loyihasini tasdiqladi.
– 1994 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun.
– 1998 – Google asoschisi  Larry Page „To google“ (oʻzbekcha: gugllash) feʼlini soʻzlar roʻyxatiga kiritdi.
– 2008  – Chexiya Evropa kosmik agentligining 18-a’zosiga aylandi.
– 2022 – Yaponiyada saylovoldi tashviqoti chog‘ida sobiq bosh vazir Sindzo Abe o‘ldirildi.

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @uzteacheren