9-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

9-iyunda kimlar tug’ilgan va u kunda qanday voqealar sodir bo’lgan?

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Xalqaro do‘stlar kuni.
🇺🇳 BMT – Xalqaro akkreditatsiya kuni.
🇺🇳 Xalqaro arxivlar kuni.
🌏 Xalqaro Kelt san’ati kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇷 Argentina – Geologlar kuni.
🇦🇽 Aland orollari – Muxtoriyat kuni.
🇧🇷 Braziliya – Braziliya apostoli Joze di Anshieta kuni.
🇯🇴 Iordaniya – Qirol Abdullohning toj kiyish marosimi kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Mursiya mintaqasi kuni.
🇮🇪 Irlandiya – Avliyo Kolumb Irlandskiy kuni.
🇺🇸 AQSh, Oklaxamo – Keksalar kuni.
🇺🇬 Uganda – Qahramonlar kuni.
🇺🇾 Urugvay – Janibiy Amerika futboli kuni.

👉 VOQEALAR:

– 68 – Rim imperatori Neron oʻz joniga qasd qildi.
– 1311 – „Maesta“ kartinasi Sienn cherkoviga osib qoʻyildi.
– 1617 –  Sulton Ahmad I tomonidan qurilish ishlari arxitektor Sedefkar Mehmet og’aga topshirilgan “Sultonahmad” jome’ masjidi ibodatga ochildi.
– 1719 – Pyotr I Rossiya guberniyalarini provinsiya va uezdlarga bo‘ldi.
– 1762 – Rossiya imperiyasi Prussiya bilan ittifoq tuzdi.
– 1815 – Vena kongressi o‘z ishini yakunladi.
– 1822 – AQSh da Charlz Grem sun’iy jag‘ni patentladi.
– 1833 – Moskvada Tarix muzeyi ochilishi tantanalari.
– 1870 – zamonaviy ingliz adabiyotining eng yirik vakillaridan biri, ijtimoiy tengsizlik, yo’qchilik va qashshoqlik masalasini qamrab olgan romanlari bilan tanilgan Charlz Dikkens o’lamdan o’tdi.
– 1885 – Xitoy Hindixitoy ustidan fransuz protektoratini tan oldi.
– 1923 – Bolgariyada harbiy toʻntarish.
– 1934 – Donald Duck  ishtirokidagi birinchi multfilm.
– 1945 – SSSRning Germaniyadagi harbiy maʼmuriyati ochildi.
– 1963 – Uinston Cherchil AQSh ning faxriy fuqarosi deb e’lon qilindi.
– 1967 – SSSR Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
– 1994 – Qozog‘iston prezidenti N. Nazarboyev poytaxtning Almatidan Oqmola (sobiq Selinograd, 1998-yildan Astana, 2019-yildan Nursultan) ga ko‘chirilishini e’lon qildi.
– 2017 – Qozogʻiston poytaxti  Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti boʻlib oʻtdi.
– 2019 – Qozog’istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo’lib o’tdi, unda Qosim-Jomart Tokayev g‘alaba qozondi.

👉 TAVALLUDLAR:

-1672 – Pyotr I (1725) – rus podshosi (1682-yildan) va Rossiyaning birinchi imperatori.
– 1768 – Semyuel Sleyter (1865) – to‘qimachilik industriyasining mutaxasisi, AQSh dagi sanoat to‘ntarishining “otasi”.
– 1781 – Jorj Stefenson (1848) – angliyalik ixtirochi, birinchi paravozni yaratuvchilardan biri, birinchi jamoat temir yo‘lini qurgan.
– 1812 – Iogann Gottfrid Galle (1910) – nemis astronomi, Neptunni kashf qilgan.
– 1843 – Berta fon Zutner (1914) – avstriyalik adiba, patsifist, Nobel mukofoti sohibasi (1905).
– 1875 – Genri Deyl (1968) – angliyalik farmokolog, Nobel mukofoti sohibi (1936).
– 1879 – Jozef Lui Ann Avenol (1952) – fransiyalik diplomat, Millatlar ligasi bosh kotibi (1933-1940).
– 1915 – Les Pol – (2009) – amerikalik jazz va country yo‘nalishidagi gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi.
– 1944 – Karimov Komiljon – rassom, ganj va naqsh ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989).
– 1952 – Ismoilov Abduhoshim – sozanda (g’ijjak), bastakor, O’zbekiston xalq artisti (1990).
– 1963 – Jon Kristofer Depp II – amerikalik aktyor, rejissyor, musiqachi, ssenariynavis va prodyuser.
-1969 – Ikromov Alisher – kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005).
– 1978 – Miroslav Kloze – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
– 1981 – Natali Portman – AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rejissyor.
– 1984 – Uensli Sneyder – niderland futbolchisi.

(Visited 84 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz