Loydan qurilgan osmono’par binolar
Shibam – Yamanning o’ziga xos ramzlaridan biri bo’lgan shahar. U “osmono’par binolar shahri” yoki “cho’l Manxetteni” deb ham nomlanadi. Bu shahar “dunyodagi eng qadimgi osmono’par shahar” deb hisoblanadi. Shuningdek, u vertikal qurilish tamoyiliga asoslangan shaharsozlikning eng qadimgi namunasidir.
Qiziq tomoni, bu binolar temir-beton yoki pishgan g’ishtdan emas, balki oddiy quyosh nurida quritilgan loy g’ishtlardan qurilgan. Bu esa uylarning jaziramada ham salqin bo’lishini ta’minlaydi.
Ushbu shahar haqida ilk ma’lumotlar III asrga to’g’ri keladi. Bu yerda XVI asrdan boshlab qurila boshlangan dunyodagi eng baland loy binolar mavjud. Asosan, bu 5 qavatli binolar, ammo ularning ichida 7 va hatto 11 qavatli binolar mavjud.