(Ўзбекча) Tarbiya nima? – Ilm va faktlar

(Ўзбекча) Tarbiya nima?

Бубахшед, ин ришта танҳо дар дастрас аст Ўзбекча For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

TARBIYA, bu – siz o‘ylab topgan idealingizga bolangizni o‘xshatish uchun qilayotgan hatti-harakatlaringiz jamlanmasidir. Har doim ota-ona farandini tarbiyalaganda o‘z ehtiyojlarini hisobga oladi. Ya’ni farzand obro‘ uchun, sizning talablaringizga javob berishi uchun, sizning ehtiyojlaringizni qondirishi uchun tarbiyalanayotgan bo‘lishi mumkin. Farzandingizga qimmatbaho kiyim kiygazish bu tarbiya emas, bu siz uchun kerak bo‘lgan bir holat. Agar sizning farzandingiz qimmatbaho kiyim kiysa, siz o‘zingizni shunga qodir bo‘lganingizdan qoniqasiz, va shu kiyimni olib berganingiz haqida boshqalarda fikr paydo bo‘lishiga intilmoqdasiz xolos.

Bolani to‘g‘ri tarbiyalayotgan ota-ona bilan noto‘g‘ri tarbiyalayotgan ota-onaning farqi “Bola tarbiyasiga qani vaqt” deyishlaridadir. Nimalarga vaqt topayapsiz? O‘zingizga xisob bering. Vaqt bugalteriyasini aniq xisob-kitob qiling. Bola uchun ajratilgan vaqtga xiyonat qilmang. Bu vaqtni televizor ko‘rish uchun, telefonda bekorchi gaplashish uchun ajratmang.

 

© Z. Ahmedova

Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.