Olmoniyada sodir bo’lgan ibratli voqea

Olmoniya sanoatlashgan, oʻta rivojlangan davlat. U yerda turli sohalarga oid mahsulotlarning saralari ishlab chiqariladi. Koʻpchilik, bu mamlakat aholisi nihoyatda toʻkin-sochin, oʻta dabdabada yashaydi, deb oʻylaydi. Safarimdan oldin men ham shu fikrda edim. Gamburg shahriga kelib tushganimda, u yerdagi tanishlarim bir restoranda ziyofat uyushtirdi. Restoranga bordik. Qarasak, restoranda odam kam, bir nechta yoshi ulugʻ ayollar bor, bir chetdagi stolda yosh er-xotin oʻtiribdi. Oldilarida ikkita tarelka ovqat va ikkita ichimlikdan boshqa narsa yoʻq. Biz xam bir stolga oʻtirdik, qorin xam ochqab ketgandi, shundan sherigim koʻpgina ovqat buyurtma berdi. Restoran tinch ekan, ovqat ham tezda keldi.

Ovqatlanib boʻlib, turib ketayotganimizda ovqatni deyarli uchdan biri tarelkada ortib qolgan edi. Restoran eshigiga yetib bormagan xam edikki, kimdir bizni chaqirdi, qarasak yoshi ulugʻ xonimlar restoran boshligʻiga nimalarnidir gapirishyapti. Bilsak, ular koʻp ovqat qoldirib ketayotganimizdan norozi ekanlar. Sherigim: “Oʻzimiz buyurtma bergan ovqat, pulini toʻladik, sizlarga daxli boʻlmagan narsaga nega aralashasizlar”, dedi. Xonimlardan biri bizga qattiq gʻazab bilan qarab turdi-da, telefon oldiga borib, kimgadir sim qoqdi…

Koʻp oʻtmasdan, rasmiy kiyimda bir kishi kerib keldi, oʻzini “ijtimoiy taʼminot muassasa”sining zobiti deb tanishtirdi. Bizga 50 marka (pul birligi) jarima soldi. Biz javob qaytarolmadik. Sherigim uzr soʻrab 50 marka toʻladi. Zobit: “Ortib qolmasligiga koʻzlaring yetgan taomni buyurtma beringlar, pul oʻzlaringniki, lekin resurslar barchaniki. Dunyoda koʻplab odamlar resurs, oziq-ovqat taqchilligiga duch kelmoqda, sizlar esa behudaga ketkazyapsizlar”. Biz rosa xijolatda qoldik. Uning gaplari haq edi.

Biz shuni tafakkur qilishimiz kerak, bizning yurtlarda (Arab davlatlari) oʻzi resurs koʻp emas, shunday boʻlsa ham, birovni chaqirsak, odamlar nima deydi, deb, koʻp yeguliklar xarajat qilib yuboramiz. Natijada kimlardir zor boʻlayotgan koʻplab ovqatlar isrof boʻlib qolib ketadi. Bu biz uchun amal qilishimiz kerak boʻlgan dars boʻldi.

Sherigim oʻsha jinoyat qogʻozini suratga olib, xar birimizga esdalik sifatida bittadan nusxa berdi. Biz uni hech qachon isrof qilmasligimizni eslatib tursin, deb xonamiz devoriga osib qoʻydik… “Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki”.

Bu hikmatni xar qachon ovqatlanganimizda, yoki dush qabul qilganimizda, yoki resurslardan, masalan, elektr, gaz, suv va xakazo… qay biri boʻlsin, ishlatayotganimizda eslashimiz kerak. Resurslarning barchasi Yaratganning neʼmati!

(Visited 46 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz