“25-May” she’rlar to’plami

so'ngi qo'ng'iroq

Bahorning so’ngi kunlari.

Tugayotgandek bolalik chog’lari.

Yaqinlashmoqda ayrilish damlari.

Chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.

 

Sinfdoshlarim bilan yana biroz qolay.

Uztozlarga rahmat aytishga ulgurib olay.

Qadrdon maktabim bilan hayrlashib olay.

Biroz chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.

Baliqlar orqaga suzadimi?

Nahot sinfdoshlarni endi ko’raman kamroq.

Nahot maktabga kelaman endi ozroq.

Sinfdoshlarni maktabni unutmiman biroq.

Chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.

 

Maktabim sen menga eng aziz koshanasan.

Bugun o’tib o’tmishga aylanasan.

Eh Barno maktabni hali ko’p sog’inasan.

Biroz chalinmaytur so’ngi qo’ng’iroq.

Apelsin haqida qiziqarli ma’lumot

Shu chog’ hayolimni buzib.

Sinfdoshlarni bir biridan ayirib.

Maktab hovlisidan uchirib quvib.

Jaranglab cholinadi songi qo’ng’iroq…..

************************************

Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor

O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.

Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda

Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.

Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,

Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.

Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,

Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo’lmagandir 11 yil kutmoq,

Bekor sarf bo’lmagandir 11 yil umr.

Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,

Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,

Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,

Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib

Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq

Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.

Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq

Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.

11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:

Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.

Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,

Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,

Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.

Kundalikka qo’yilmaydi “2” baxolar,

Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.

Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,

Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:

Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,

Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.

 ************************************

Ba’zinxor Ko’rmayin, Kuzlaringda yosh.

Sen uchun porlasin, Ko’klarda quyosh.

Ayriliq ko’nglimda buldi og’ir tosh.

Baxtli bul bir umr aziz Sinfdosh…

Endi senga Utgan kunlar xayoldir,

U kunlar xotira bizga Yodgordir.

Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.

Baxtli bul Bir umr Aziz Sinfdosh.

Umid deb atalmish guling sunmasin.

Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.

Shu qaro kuzlaring, Xech nam bulmasin.

Omon bul bir umr aziz SINFDOSH

****************************

Chiqindichilar shahri

Hayot yöli tekismas

Sarg’aygan yaproq kökarmas

Daryodagi suvni töhtatib bölmas

Hech qachon bevafo vafoli bölmas

Parchalangan yurakni yangilab bölmas

Dardinga döstingdan boshqa dartkash bölolmas

Dunyodan köz yumgan odamni tiriltirib bölmas

Oliy hakam vaqtni ham töhtatib bölmas

Yoshligim ham ortga qaytmas

Sevgan yorimdek hech kim bölolmas

Örnini ham hech kim bosolmas

Bu dunyoda sevmagan odam bölmas

Hech kim mendek sevishga qodir emas

Döstimni ham örnini hech kim bosolmas

Yomg’ir qancha yog’sa ham men uchun hechnarsa bölmas

Hech qachon lochin va sichqon birga yasholmas

Qalb sevganda aldovni bilmas

Yurakni ezilmagan kuni bölmas

Soat ham orqaga aylana olmas

Döst uchun hech narsa yov böla olmas

Meni sevgim endi umuman bölmas

Chunki parchalangan yuragim tiklanib bölmas

Közyoshlar endi hech narsa bölmas

Bu közyoshlar yomg’ir emas

Buning bariga hech narsa sabab bölolmas

Allohning vasliga hech narsa teng emas

Meni hayotim afsuski bunday bölmas

Bu sherlarimni hali hammasi emas!

****************************

So’ngi qo’ng’roq.

Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,

Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.

Opalarim akalarim ketishar bu kun,

Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq

******************************

Tóxtab qolsin soat millari,

Chalinmasin sónggi qòng’iroq.

Ortda qolar shóxlik yillari,

Chalinmagin sònggi qóng’iroq.

Naxot boshqa,boshqa yólimiz,

Xomush tortib yig’lar dilimiz.

Ketar chog’i ortda kózimiz,

Chalinmagin sónggi qóng’iroq.

Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!

Birinchi qadamim esimda-ku oz.

Sizni qadrlaymiz sizgadir e’zoz,

Qalinmagin sònggi qóng’iroq.

Shòxliklar qilardim hammasan kóproq,

Haliyam qumsaydi yuragim muahtoq.

Xuddi tushdek ótgan damlarim,

Chalinmagin sònggi qòng’iroq.

Bir oiladek jambuljam edik,

Yillar ótdi tarqadik ketdik.

Endi mehr qadriga yetdik,

Chalinmagin sònggi qóng’iroq.

Sog’indim sinifdosh sirdoshlarimni,

Kòzlari chaqnagan dildoshlarimni.

Jim turib eslayman xotiralarni,

Chalinmagin sònggi qóng’iroq.

Yangi hayot yangi yòllarga,

Qadam qòydik boshqa yóllarga.

Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!

Chalinmagin sónggi qóng’iroq.

*************************

Mana vaqt ötib ketganini bilmay qolibmiz

Ön birinchi sinfga ham kelib qolibmiz

Kechagina maktabga ilk bor qadam qöygandik

Ösha kunlarni ham qadriga yetmadik

Endi esa bu kunlar biz uchun qadirli böldi

Men uchun esa qochgan darslarim armon böldi

Bu kunlarni hech qachon unutmiman

Söngi yillarni ötishini istamiman

Bularni bari endi kech

Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech

Men uchun vaqt ötishi böldi birpasta

Negadir yuragim ham bölgandi hasta

Bu sinfda kimnidir dilini og’ritdim

Yana kimlarnidir behuda ranjitdim

Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda

Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda

Qizlarni közidan asta yosh yumalar

Bollarni esa jiddiylik qamrab olar

Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni

Ancha yillar ötsa ham unutmayman sinfdoshlarni

Sinfdoshlar bilan zora ahil bölib

Söngi yilni urush janjalsiz ötkazsak

Ahir bir birimizga g’animat bölsak

Endi bir birimizni birdek köraylik

Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!

******************************************

Biz sinfdosh bo’ldik,

sinfdoshmas dildosh bo’ldik,

Naxot bugun endi begona bo’ldik,

seni sog’inaman aziz sinfdosh.

maktab yillarimiz o’tdi birma-bir,

o’tdi kun fasllar,o’tdi kun-oylar,

bugun sog’inchdan otadi tonglar

tongdan sog’inaman seni sinfdosh.

to’g’risi ranjitgan kunlarim bo’ldi,

shu kun bedorli tunlarim bo’ldi,

sog’inchim, iztirobibi o’ylarim bo’ldi,

yig’lab sog’inaman seni sinfdosh.

yillar o’tib ko’rib oqar ko’z yoshlar,

endi ayro bo’ldi o’shal dildoshlar,

nahot endi begonadir o’sha sirdoshlar,

harvaqt sog’inaman seni sinfdosh.

qara, oxirgi bor darsda birgamiz,

oxirgi bor birga tanaffus kutib,

o’tiribmiz jimgina dardlarni yutib,

dardli sog’inaman seni sinfdosh.

so’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta,

ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta,

maktab yillarimiz o’tdi bir pasta,

har vaqt sog’inaman SENI SINFDOSH!!!!

*****************************

Eng ko’p mahbusga ega davlatlar

Maktab dargohini tark etib ketish,

Men uchun azobdir bu axir azob.

Yuragimni ezar og’ir bir qiynoq,

Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.

so’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta,

ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta,

maktab yillarimiz o’tdi bir pasta,

har vaqt sog’inaman SENI SINFDOSH!!!!

maktab yillarimiz o’tdi birma-bir,

o’tdi kun fasllar,o’tdi kun- oylar,

bugun sog’inchdan otadi tonglar tongdan sog’inaman seni sinfdosh.

*****************************************************

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,

Turli xil sohadan berasiz ta’lim.

Uni tinglaganda kichik jussam ham,

Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,

Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.

Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,

Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

**************************

Ko’zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim,

Maktab dargohini tark etar bu kun.

Yangi hayotga ham qo’yishar qadam,

Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.

******************************

Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor

To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.

Endi xayot darsxonangiz bo’lar maktabda,

Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.

Bilmaman, balki joningizga tekkan bu jarang

Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.

Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,

Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq,

Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr.

Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,

Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,

Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,

Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib

Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq

Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.

Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq

Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.

9 yilda 9 mingta quvonchu-tashvish:

Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.

Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,

Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,

Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.

Kundalikka qo’yilmaydi “2” baxolar,

Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.

Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,

Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:

Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,

Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.

*************************************

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,

Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,

Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,

Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,

Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,

Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,

Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,

Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,

Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,

Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,

Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,

Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,

Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,

Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,

Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,

Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,

Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,

Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,

Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

**************************************

Dillarni titratib so’ngi qo’ng’roq,

Maktab dargohidan qiladi yiroq.

Ustozlarim ko’zidan tirqiraydi yosh,

Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq

Manba

(Visited 199 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz