Farzand tarbiyasiga oid savol javoblar

Mundarija:

👶Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi?
Yechimi: Unga xotirjamlik in’om eting. Bola agar  qoʻrqmasa, bosim va tahdid ostida boʻlmasa u yolgʻon gapirmaydi. Unga osoyishta va tinchlikni xis ettiring.

👶 Farzandingiz qaysarmi?
Yechimi: U oʻjarlik qilib turganda, siz unga xilof ish qilmang. Chunki u sizning aks ish qilayotganingizni koʻrsa, qaysarligini oshiradi!
Unga muhabbatingizni berib, bagʻringizga oling.

👶Farzandingiz ser harakatmi?
Yechimi: Uni harakatli faoliyatlar bilan mashgʻul eting. Shokolad tanavvul etishini kamaytiring. Chunki shokolad uning energiyasini oshirib yuboradi. Unga biron-bir yoshiga mos mas’ulyatlikni topshirib qoʻying.

👶 Farzandingizning oziqlanishi zaifmi?
Yechimi: Uni aslo bunga majbur etmang. Balki, uni oʻynayotganida ovqatlantiring yoki aka-ukalari bilan raqobat uyushtirib, oziqlantirishga harakat qiling. Taomlarini rangli mevalar bilan bezab bering.

👶 Farzandingiz kichik ukalarini urayaptimi?
Yechimi: Uni kichik ukalari bilan solishtirmang. Ularga beradigan mehr-muhabbatingizni adolatli eting. Biri qolib boshqasiga ehtimom koʻrsatayotganingizni ularga zinhor bildirmang.

👶 Farzandingiz elektron oʻyinlariga oʻchmi?
Yechimi: Oʻyin vaqtlarini sekin astalik bilan kamaytirib boring. Toʻsatdan uni oʻyinlardan mahrum etmang. Aks xolda oʻyinga boʻlgan ehtirosi ilgariga nisbatan yanada kuchliroq boʻlib, zoʻrayib ketadi.

👶 Farzandingiz axloqsiz va odobsiz soʻzlarni talaffuz etayaptimi?
Yechimi: Unga ovozingizni koʻtarib ovvora boʻlmang. Balki, yumshoqlik bilan tshuntiring. Va unga “tilning pokligi dilning pokizaligidan” deb ayting va masdarini ham keltirishga harakat qiling.

👶 Farzandingiz namoz oʻqimayaptimi?
Yechimi: Allohga boʻlgan muhabbatini oshiring. Jamiiki ne’matlar shuningdek, oʻyinchoqlar va shirinliklarning bari Allohdan ekanligiga xis etdiring.

👶 Farzandingizda barmogʻini soʻrish yoki tirnogʻini tishlash odati bormi?
Yechimi: Demak farzandingiz osoyishtalikga muhtoj. Unda biron-bir tahdiddan yoki yomon narsalarni sezish evaziga, qoʻrqish xissi bor.

👶 Farzandingizning gʻazabi tezmi?
Yechimi: Unga gʻazab bilan javob qaytarmang. Balki, gʻazablanganida tahorat olishni oʻrgating. Soʻngra unga “tinchlan, keyin kelishib olamiz” deb ayting.

👶 Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?
Yechimi: Unga ishonch baxsh eting. Yoshiga mos kelgan biron-bir narsaga boʻlgan mas’uliyatlikni topshirib qoʻying. Unga osoyishtalikni ato eting. Unga shaxsiyati zaif ekanligini bildirmang va uni sport klublariga a’zo ettiring. Chunki sport ruhi va badani uchun foydalidir.

👶Farzandingiz oʻgʻirlik qildimi?
Yechimi: Uni “oʻgʻri” degan soʻz bilan haqorat qilmang. Balki, tanxolikda unga nasihat qiling. Olgan narsasini darrov qaytarsin. Va uni oʻgʻirlik qilishiga sabab boʻlgan masdarni aniqlab, farzandingizni davolang. Uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiring.

👶 Farzandingizda balogʻatlik alomatlari bilindimi?
Yechimi: Uni poklik odobiga oʻrgating. Va uning oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkam eting. Aslo uning koʻrinishidan va ovozidan kula koʻrmang. Bundan buyon oʻz axloqlari uchun oʻzi mas’ul ekanligini bildiring.

👶 Oʻgʻlingizda ayollarga xos alomatlarni payqadingizmi?
Yechimi: Sekin astalik bilan qizlar bilan boʻlgan aloqasini chetlatib, uni koʻproq erkaklar safiga qiziqtiring. Hamda biroz dagʻallikni ham oʻrgating.
Agarda qizlarda erkaklarga xos harakatlarni sezsangiz, buning aksini qiling.

👶 Farzandingiz qaysarlik qilib, uygʻonishi bilan yigʻlaydimi?
Yechimi: Uning boshini mehr bilan silang va uning sevgan laqablarini aytib erkalang. Soʻngra «oyat al-kursi»ni past ovoz bilan oʻqing.

👶 Farzandingiz oʻyinchoqlar doʻkonida qaysarligini qila boshladimi?
Yechimi: Uni asabiylashmasdan chalgʻiting. Aslo uning talabiga, tinchlanganida ham koʻna koʻrmang. Yoʻqsa, ushbu odatga koʻnikib qolishi hech gap emas

(Visited 38 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz