Yomg’ir haqida siz bilmagan 9 ta qiziqarli faktlar

yomg'ir haqida ma'lumot

Biz yomg’ir haqida siz bilmagan 9 ta ajoyib faktni to’pladik. Bu quvnoq ma’lumotlarni farzandlaringizga ham o’qib berishni tavsiya etamiz.

1) Yomg’ir hatto boshqa sayyoralarda ham yog’adi

Yomg’ir boshqa sayyoralarda ham yog’ishidan xabaringiz bormi? Biroq, u biroz boshqacha ko’rinishda bo’ladi. Olmos yomg’iri Saturnga yoki sulfat kislota yomg’iri Venerada uchraydi.

2) Sharpa yomg’ir
Ba’zi juda issiq va quruq hududlarda “sharpa yomg’iri” yerni hatto nam ham qilmaydi.Bu yomg’ir shunchaki issiq havoning ta’sirida bo’g’lanadi va ba’zan sharpa yomg’iri deb ataladi.

3) Yer yuzidagi eng quruq joy
Yer yuzidagi eng yomg’ir kam yog’adigan joylarni cho’llar deb o’ylasangiz, adashgan bo’lasiz. Aslida, eng yomg’ir yog’maydigan joy bu Antarktikadir. Bu uzoq qit’ada yiliga juda kam miqdorda yomg’ir yog’adi.

4) Baliq yomg’iri

Gondurasning Yoro shahrida baliq yomg’iri yog’ib turishi haqida eshitganmisiz? Yiliga kamida bir marta katta bo’ronlar paytida kichik kumush baliqlar osmondan yerga tushadi. Ajablanarlisi shundaki, baliqlar bu shaharning osmoniga aynan qayerdan kelib qolishi noma’lumdir.

5) Yomg’ir yog’ishi uzoq davlarlarga borib taqaladi

Olimlar 2,7 milliard yillik tarixga ega bo’lgan yomg’ir tomchilari qoldiqlarini topishgan. Bu fakt esa, o’z – o’zidan yomg’irning juda ham uzoq tarixga ega ekanligini anglatadi.

6) Donli yomg’ir
Donli yomg’ir – bu an’anaviy xitoy taqvimidagi 6-quyosh atamasi. Bu davr aprel oyida bo’lib o’tadi va bahor tugashini anglatadi, harorat ko’tarilibi ko’p miqdorda yomg’ir yog’adi! Bu qishloq xo’jaligi uchun eng yaxshi vaqt bo’lib donli yomg’ir sifatida nishonlanadi.

7) Shimoliy Amerikadagi yomg’ir yog’dirish marosimlari
Yomg’ir raqsi tub amerikalik qabilalardan kelib chiqqan va ularning ba’zilari hozir ham uni ijro etib kelishadi. Raqqosalar o’z harakatlari bilan yomg’irni chaqirishga harakat qilishadi.

8 ) Musson an’analari
Hindistonda yomg’ir hayotning ramzi va mo’l-ko’llik manbai – mussonning kelishi nima uchun keng nishonlanishi ajablanarli emas. Yomg’irni kutib olish uchun ko’plab festivallar o’tkaziladi. Musson ham hind kinosi, adabiyoti va sanʼati uchun ilhom manbai hisoblanadi.

9) Yer yuzidagi eng nam joy
Hoh ishoning hoh ishonmang, Hindiston shimoli-sharqidagi Mavsinram qishlog’ida har yili o’rtacha 11 871 mm yomg’ir yog’adi. Uelsdagi Snoudoniyada o’rtacha yillik yog’ingarchilik 3000 mm dan sal ko’proqni tashkil qiladi.

Maqola quyidagi manbadan tarjima qilindi va tahrirlandi: www.muddypuddles.com

(Visited 524 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz