[:ru]Во время посещения занятия в 1939 году профессор Ежи Нейман написал на доске две сложные статистические проблемы, которые необходимо решить. Опоздавший на занятия Джордж Данциг принял их за домашнее задание. По его собственным словам, задачи были сложными, но через несколько дней он смог предоставить ответ.
Профессор Ежи Нейман восхитился интеллектом математика Джорджа Данцига и предложил опубликовать его решение в математическом журнале. Спустя несколько лет другой исследователь, Авраам Вальд, дополнил и опубликовал свою статью, в которой он объяснил вывод второй проблемы. Данциг был включен в качестве соавтора. Решение этих задач по предложению профессора Неймана легло в основу его докторской диссертации. Однако писал он ее с перерывами.
Источник: autogear.ru[:uz]Inson miyasi nimalarga qodir. 1939-yil. Bir kuni Kaliforniya universiteti talabasi Jorj Bernard Dansig statistika darsiga kech qoladi. U o‘quv xonasiga yetib kelganida dars allaqachon tugagan va doskada 2 ta masala chala yozib qoldirilgan edi. Jorj Bernard ularni uyga vazifa deb xayol qilib shosha-pisha ko‘chirib oldi. Keyingi bir hafta u besaranjom bo‘ldi: masalalarni yechish uchun kutubxonaga qatnadi, tunlari ishladi.
TikTok haqida eng zo’r faktlar
U masalalarning odatdagidan biroz mushkulroq ekanini payqadi, ammo qunt bilan ularni yechishga kirishdi. Biroq kelasi darsda o‘qituvchi bu masalalar haqida og‘iz ochmadi. U har ehtimolga qarshi ishlanmalarini professorga qoldirib ketdi. Keyingi kun, erta tongda Jorj Bernardning yotoqxona eshigi taqilladi. «Sen ishlagan masalalarga taqriz yozdim. Iltimos, buni o‘qib, maqola tayyorla va chop etish uchun biror nashrga yubor», – dedi ostonada hansirab turgan professor Neyman. Jorj nima gapligini tushunmay ustozining qo‘lidagi qog‘ozga ko‘z tashladi. «Yechilmagan ikki statistik masalaning javobi topildi» deb yozilgan edi unda. Shu taxlit Jorj Bernard Dansig o‘zi bexabar holda ikki yechimsiz masalaga javob topgan edi.
sara_tarix[:]
