Faktlar
# Marhum shoir Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻilgan.
# Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. Onasi Turdixol uy bekasi boʻlgan.
# Orifboy Ubaydulla oilasida sakkiz nafar farzand — to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lishgan, Abdulla Oripov o‘g‘illardan eng kenjasi bo‘lgan.
# Shoirning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she’rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she’riyatiga yangi, iste’dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan.
# Shoir 1958-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, Toshkent Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika yoʻnalishiga oʻqishga kirib, oliygohni ham 1963-yilda imtiyozli diplom bilan yakunlagan.
# Abdulla Oripov Kaliforniya (AQSH) fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalqaro akademiyasining aʼzosi hamdir.
# Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi hammualifidir. Abdulla Oripov 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi.
# U Navro‘z va Mustaqillik bayramlarini o‘tkazish bo‘yicha yozilgan aksariyat ssenariylar muallifidir.
# Abdulla Oripov Oliy Majlis birinchi va ikkinchi chaqiruvchi deputati va senatori (2005 yil 25 yanvar) bo‘lgan.
# 1998 yil Abdulla Oripovga O‘zbekiston Qahramoni unvoni topshirildi.
# 2000-2001 yillar to‘rt tomlik saylanmasi bo‘lmish Abdulla Oripovning “Sara asarlari” nashrdan chiqqan.
Asarlari
- “Mitti yulduz” (1965)
- “Koʻzlarim yoʻlingda” (1967)
- “Onajon” (1969)
- “Ruhim” (1971)
- “Oʻzbekiston” (1972)
- “Xotirot” (1974)
- “Yurtim shamoli” (1974)
- “Jannatga yoʻl” (1978)
- “Hayrat” (1979)
- “Hakim va ajal” (1980)
- “Najot qalʼasi” (1981)
- “Yillar armoni” (1983)
- “Ranjkom” (1988)
- Haj daftari” (1992)
- “Saylanma” (1996)
- “Sohibqiron (sheʼriy drama)” (1996)
- “Tanlangan asarlar I-IV” (2000-2001)
Mukofotlari
- 1983-yil — Oʻzbekiston xalq shoiri
- Doʻstlik ordeni
- Xalqlar doʻstligi ordeni
- 1998-yil — „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni
- 2015-yil — Italiya yulduzi ordeni
- 2015-yil — Xalqaro „Oltin yulduz“ ordeni