- Har bir insonning qadr-qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida
- Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.
- Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
- Yaxshi xulq yaxshilik alomatdir
- Til — so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.
- Yolg’on doim rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko’pikdek yo’q bo’lib ketadi.
- … jo’rttaga o’z so’zida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biron foyda yetkazmaydi
- Bilimsiz kishilarning ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi.
- Odamlar o’rgangan, odatlangan va ko’pchilikka ma’qul bo’lgan narsaga (ko’r-ko’rona) qarshilik ko’rsatma
- Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko’zi bilan qaraydilar.
- Donishmand va olimlarning xulqlaridan o’rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo’q qiladi.
- Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
- Kuzatishlarning turlichaligi emas, balki davrlarning turlichaligi ahmoqlar asoslanadigan fikrni rad etishga yetarli dalil va eng kuchli yordamchidir.
- Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir.
- Xato sodir bo’lmasligi uchun donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va xalal etish imkoniyatidan saqlanishni tavsiya qilganlar.
- Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning foydali o’rni bor, katta ishning kerakli joyi bor
- Ehson qilgan kishining minnati ehsonini yo’qqa chiqaradi
(Visited 45 times, 1 visits today)