Abu Simbel ibodatxonasi

Abu Simbel

Misrning eng janubiy mintaqasida, Nasser ko’lining g’arbiy qirg’og’ida Abu Simbel ibodatxonalari joylashgan.

Bu ikki ibodatxona miloddan avvalgi 1260-yillarda toshdan oʻyib ishlangan boʻlib, firʼavn Ramzes II va qirolicha Nefertariga bagʻishlangan. Ma’badlarning ko’rinishi haqiqiy san’at asardir. Fir’avn Ramzes II ibodatxonasi narigisidan kattaroq bo’lib, to’rtta ulkan haykal bilan qo’riqlanadi.

Qirolicha Nefertari ibodatxonasining fasadida esa 6 ta ulkan haykal mavjud. Ichkariga kirganingizda o’zingizni tosh o’ymakorligi, afsonaviy haykallar, ranglar, ustunlar bilan to’ldirilgan boshqa dunyoga tushib qolgandek his qilasiz.

P.s. bu ibodatxona suv toshqinlaridan himoya qilish uchun boshqa joyga ko’chirilgan. Ibodatxonani g’ishtlarini birma-bir olib, boshqa joyga ko’chirib chiqishgan.

 

Manba

(Visited 127 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz