Abu Simbel ibodatxonasi
Misrning eng janubiy mintaqasida, Nasser ko’lining g’arbiy qirg’og’ida Abu Simbel ibodatxonalari joylashgan.
Bu ikki ibodatxona miloddan avvalgi 1260-yillarda toshdan oʻyib ishlangan boʻlib, firʼavn Ramzes II va qirolicha Nefertariga bagʻishlangan. Ma’badlarning ko’rinishi haqiqiy san’at asardir. Fir’avn Ramzes II ibodatxonasi narigisidan kattaroq bo’lib, to’rtta ulkan haykal bilan qo’riqlanadi.
Qirolicha Nefertari ibodatxonasining fasadida esa 6 ta ulkan haykal mavjud. Ichkariga kirganingizda o’zingizni tosh o’ymakorligi, afsonaviy haykallar, ranglar, ustunlar bilan to’ldirilgan boshqa dunyoga tushib qolgandek his qilasiz.
(Visited 51 times, 1 visits today)