Ajoyib psixologik test

Har bir inson o‘sib, ulg‘ayish davomida o‘ziga xos hayotiy tajribaga ega bo‘lib boradi. Bu ko‘proq bizning irodamiz, ruhiy quvvatimiz bilan bog‘liq. Xo‘sh, siz o‘z umringiz mobaynida qancha tajriba to‘pladingiz?

Quyidagi test ushbu savolga javob topishingizda sizga yaqindan yordam beradi.

Savollarga «ha» yoki «yo‘q» javoblarini bering.

1. Kimsasiz orolda yashay olarmidingiz?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

2 . O‘zingiz mustaqil olov yoqa bilasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

3 . Tuxumni mustaqil ravishda qaynata olasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

4 . Uch xil ovqatni birdaniga pishira olasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

5 . Ko‘ylagingizni o‘zingiz dazmollay olasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

6 . Avtomobilning ballonini qanday almashtirishni bilasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

7 . Muammolarni tez hal eta olasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

8 . Chinni buyumlarni yamash qo‘lingizdan keladimi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

9 . Tashkilotchimisiz?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

10 . Ofisda kartotekalar tashkil eta olasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

11 . Teshilgan kamerani mustaqil yamay bilasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

12. Kran buzilsa, tuzatishga qodirmisiz?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

13. Tomorqa ishlarida tajribangiz bormi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

14. Asalari uyasini bir o‘zingiz tashqariga chiqarib ola bilasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

15. Kimgadir sun’iy nafas yubora olasizmi?

Ha — 1 ball

Yo‘q — 0 ball

 

NATIJALAR:

10-15 ball. Siz hayotda katta tajribaga egasiz. Qiyin vaziyatlardan osonlik bilan chiqib keta olasiz. Sabr-toqatingiz ham yetarli.

4-9 ball. O‘zingiz haqingizda qayg‘ura olasiz. Faqat ko‘pincha mustaqil harakatlanishga ojiz qolasiz.

3 va undan kam ball. Afsuski, hayotda yashash davomida negadir yetarli tajriba to‘play olmabsiz. Masalan, katta shaharda yashagan taqdiringizda agar cho‘ntagingiz pulga to‘la bo‘lmasa, qattiq tashvishlana boshlaysiz, tushkunlika tushasiz, bu yorug‘ dunyoga sig‘maysiz. Qishloqda bo‘lsangiz ham, baribir tomorqa, dalada nimanidir mustaqil ekish, yoki jo‘yaklar olish qo‘lingizdan kelmaydi.

Boshingizga tashvish tushsa, darhol o‘zgalarning qosh-qovog‘iga qaraysiz. Ularning ko‘magini kuta boshlaysiz. Xo‘sh, nega shunday? Nahotki, bu yorug‘ dunyoda qo‘lingizdan hech narsa kelmasa?

Axir, sizda ham boshqalarda bo‘lganidek ikki qo‘l, ikki oyoq bor. Miyangiz ham ishlab turibdi. Nega tafakkuringizni ishga solish, o‘ylash, fikrlash, izlanishga qodir bo‘lmasangiz? Bu ketishingizda bir kun kelib boshi berk ko‘chaga kirib qolmaysizmi? Yoki bo‘lmasa, oila a’zolaringiz, yaqinlaringizning tanbehlariga ro‘baro‘ bo‘lsangiz, unda qanday yo‘l tutasiz? Shubhasiz, mulzam bo‘lasiz. Yo‘q, erkak uchun bundan-da uyatliroq, og‘irroq vaziyat bo‘lmaydi. Hali kech bo‘lmasidan hayot tarzingizni o‘zgartiring. Izlanuvchan bo‘ling. Shunda o‘zgalar qarshisida boshingiz baland ko‘tariladi.

 

Umid IDUMI psixologi

Hulkar

(Visited 1 161 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz