Ali Qushchi 1403-yili 17- aprel Samarqandda tavallud topgan. Uning asl ismi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy. Ali Qushchi Ulug’bek saroyida qushlarga qarovchi Muhammad ismli kishining o’g’li bo’lganligi uchun unga Qushchi laqabi berilgan. Mirzo Ulug’bek vafotidan so’ngra rasadxona ishlari to’liq Ali Qushchinig zimmasiga tushgan.Ali Qushchi 1472-yilda Istanbuldagi Ayya Sofiya madrasasiga bosh mudarris qilib tayinlangan. U shundan so’ng riyoziyot, falakkiyot, adabiyot, musiqa va boshqa fanlardan risolalar yozadi. Qisqa vaqt ichida ko’plab shogirdlar yetishtirib chiqaradi. Uning “Risolai qusur” (“Kasirlar risolasi”), “Sharqi Miftoh al-ulumi Taftazoniy” (“Taftazoniyning “Miftohal-ulum”ining sharxi”), “Risola dar ilmi hay’at” (“Astranomiya ilmi haqida risola”) kabi asarlari matematika, astranomiya fanlarining rivojida katta ahamiyat kasb etadi.Ali Qushchi 1474-yili Turkiyada vafot etadi.
Ali Quschi haqida faktlar
(Visited 24 times, 1 visits today)