ALIFBE BAYRAMI UCHUN.
А
Assalom aziz maktab,
Assalom mehribon qalb,
Assalom ey ustozim,
Avvalo sizga ta’zim.
B
Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand.
D
Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.
E
Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir.
F
Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.
G
Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilam bahorda,
Yurtim quyoshli,oyli,
Yaproqlarim chiroyli.
H
Hozirjavob bolaman,
Misoli gul, loloaman,
Hazilkashman do‘stlarim,
Buyukdir orzularim.
I
Ilm izlab tolmayman,
Ikki baho olmayman,
Intilib yuksaklarga,
Erishgum istaklarga.
J
Jajjigina qo‘limga,
Qalam tutgan mehribon,
Sizga rahmat ustozim,
Doim bo‘ling sog‘,omon.
K
Kitob menga do‘st,o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.
L
Lola,lola,lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.
M
Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.
N
Navdalarda nogohon,
Nafis barglar ochildi,
Nurafshon quyoh nuri,
Har tarafga sochildi.
O
Onajonim olamga,
Oftob sochgan quyoshsiz,
Mehringiz daryo misol,
Tog‘larga yelkadoshsiz.
P
Polizda pishdi piyoz,
Pishdi qovun tarvuzlar,
Keling hirmon uyamiz,
Hasharga keling do‘stlar.
Q
Qaldirg‘ochim,qaldirg‘och,
Ikkimiz ayirmasin,
Qalbi qora qarg‘alar,
Qanoting qayirmasin.
R
Rost so‘zlamoq odatim,
Rostgoylik saodatim.
Nur ziyoga to‘laman,
Rostgo‘y inson bo‘laman.
S
Suv bo‘lmasa hayot yo‘q,
Suvsiz unmaydi nihol,
Suv bu obi haytdir,
Suvni qilmaylik uvol.
T
Tarozining toshi bor,
Tog‘larning ko‘z yoshi bor,
Taraqqiyot yo‘lida,
So‘nmas – yurt quyoshi bor.
U
Ustoz ulug‘,mo‘tabar,
O‘gitlari tillo,zar,
O‘qitgan chekib zahmat,
Ustoz sizga ming rahmat.
V
Vodiylaring gullagan,
Vatan bog‘laring chaman,
Bag‘ringda yayrab,yashnab,
Men baxtlarni quchaman.
Z
Zo‘r olim bo‘lay desang,
Ziyoga to‘lay desang,
Kitobga bo‘lgin o‘rtoq,
Kitob o‘qigin har choq.
SH
Shamoldek shoshma sira,
Daryodek toshma sira,
Yelga sochma shahdingni,
Mehnatla top baxtigni.
CH
Chamanda gul,lolaman,
Men a’lochi bolaman.
Qalbim ilmga chanqoq,
Kelajagimdir porloq.
NG
Nur,ziyoga to‘lib ongimiz,
Quvnoq otar go‘zal tongimiz.
Sevinchlarga to‘lib har onda,
Baxtiyormiz O‘zbekistonda.
O‘
O‘zbekiston xur diyor,
Ko‘ksimdadir nomus-or,
O‘zbekning farzandiman,
Xalqimning dilbandiman.
✍️ Muallif: Xurshid Karim