Alisher Navoiy ruboiylar

KO’Z BIRLA QOSHING YAXSHI

 

Ko’z birla qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi,

Yuz birla so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi.

Yeng birla menging yaxshi, saqoqing yahshi,

Bir-bir ne deyin boshtin-ayoging yahshi.

Navro’z bayramiga ssenariylar to’plami + buklet

GAR OSHIQ ESANG

 

Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,

Dard istayu dafiga davo qilma havas.

Hijronu visol mutlaqo qilma havas,

Dildoringdan gayri rizo qilma havas.

 

ZOHID SENGA…

 

Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,

Jannat — sanga bulsun, manga — mayhona kerak.

Mayhona aro soqiyu paymona kerak,

Paymona necha bulsa tula, yona kerak.

Ustozlar kuniga sherlar

UMRI AZIZ

 

Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,

Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.

 

HUSHLUQ

 

Kim kurdi ekin jahonda oyo hushluq,

To bir kishi aylagay tamanno hushluq.

Yuz yilda agar bir ulsa paydo hushluq,

Omodadur yonida yuz nokhushluq.

Bolajonlar uchun mp3lar guldastasi

JONIMDAGI «JIM»

 

Jonimdagi “jim” ikki dolingga fido,

Andin sung “alif” toza niholingga fido,

Nuni dogi anbarin hilolingga fido,

Qolgon iki nuqta ikki kholingga fido.

 

 

TUYUQLAR

 

YO LABMUDUR

 

YO rab, ul shahdu shakar yo labdurur,

YO magar shahdu shakar yo labdurur.

Jonima payvasta novak otqali,

Gamza uqin qoshiga yolabdurur.

 

BORMOGIN

 

Necha dedim ul sanamga: Bormogin!

Qilmadi ul tark okhir bormogin;

Munchakim khudroyliq kurguzdi ul,

Aql hayrat qildi tishlab barmogin.

 

OLMANGIZ

 

Pardani ruhsorasidan olmangiz,

Hohaq ulturdi meni shul olmangiz;

Gar anoristonga sunsa ilgini,

Aytur: — Ul tursun, amonat, olmangiz!

 

YOQILUR

 

Lalidin jonimga utlar yoqilur,

Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;

Men vafosi, vadasidin shodmen,

Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

14 yanvar senariy mtmlar uchun

OLMANI OTTI NIGORIM

 

Olmani otti nigorim, «ol», — dedi

«Olma birla bu kungilni ol», — dedi

Sursam ersa olamsini rangini

«Olma rangin ne surursan, ol», — dedi

(Visited 470 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz