Amir Temur haqida 10 ta faktlar

AMIR TEMUR HAQIDA 10 HAQIQAT
1. Buyuk imperiyani noldan, oddiy askarlikdan boshlab yakka oʻzi barpo etdi!
2. Uch qitʼani zir titratdi, Osiyo, Afrikaning eng qudratli hukmdorlarini boʻysundirdi, Yevropaning hamma qirollaridan tobeʼlik maktublarini oldi!
3. 27 ta Sultonni tiz choʻktirdi, 20 ta buyuk yurish qilib, tamomila gʻalaba qozondi. Hech bir tarixchi uni biror marta yengildi deb yoza olmadi!
4. Yuzlab urushlarning barchasida toʻliq gʻalaba qildi va tarixga ismi “Yagona Yengilmas Xoqon” nomi bilan kirdi!
5. Sohibqiron Sibirning minus 40 daraja sovugʻida, Hindistonning 60 daraja issigʻida oʻz askarlari bilan shaxsan jang qilgan yagona sarkardadir!
6. Oʻz yurishlari bilan butun Osiyo hududiga teng 40 million km. hududni bosib oʻtdi!
7. Usmoniylar uch marotaba ololmagan Izmir shahrini 7 kunda bosib oldi, Chingizxon va uning avlodlari zabt etolmagan qalʼalarni osonlikcha egalladi, Aleksandr Makedonskiy olti yilda olgan Hindistonni 12 oyda tiz choʻktirdi!
8. Oʻsha davrdagi dunyoning eng qudratli 2 davlati – Chingiziylarning Buyuk Oltin Oʻrdasi va Usmoniylarning qudratli hoqonlari ustidan shonli gʻalabaga erishdi!
9. Dinu diyonatni, Islom bayrogʻini hamisha baland koʻtardi, ulkan hududda toʻliq adolat oʻrnatdi!
10. Borgan joyida qurdi, bunyod etdi, oʻzidan ulkan madaniy, meʼmoriy yodgorlik qoldirdi. Avlodlaridan esa dunyo tan olgan buyuk olimlar (Mirzo Ulugʻbek), yangi imperiyaga asos solgan buyuk sarkardalar (Zahriddin Bobur) yetishib chiqdi!
Sohibqiron bobomizning ruhi shod boʻlsin!
P.S. OʻZLIGINGNI UNUTMA!
L.Abduraimova, S.Sanaqulov

(Visited 164 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz