Aptis testi nima?

telefon

Kimlarga mo‘ljallangan?

Ushbu test har oyda asosiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda ustama puli olishni istagan ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.


Test sinovning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Britaniya Kengashining yetakchi ingliz tili mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
  • Ta’lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan (eng yaxshi natijaga erishish uchun o‘qituvchilar tajribasidan kelib chiqib moslashtirilgan).
  • Tezqulay va arzon – bir kun ichida test sinovlarining barcha qismlari topshiriladi va testdan 72 soat o‘tgach, natijalar e’lon qilinadi.
  • Maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi – ingliz tilini bilishning haqiqiy darajasini aniqlashga imkon beradi.

Amir Temur haqida qiziqarli savollar


Test sinovi uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Test sinovida qatnashish uchun o‘qituvchilar 2020-yil 9-oktabrdan 25-oktabrga qadar Davlat test markazining rasmiy sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Test sinovi uchun to‘lov qancha?

Test sinovida qatnashish uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 2,5  (557,500 so’m) baravarini tashkil qiladi.


Ushbu test qancha muddatda o‘tkaziladi?

Test sinovlari har oyda bir marta Davlat test markazida o‘tkaziladi.

O‘qituvchilar qaysi kasalliklarga chalinadilar?


“O‘qituvchilar uchun Aptis” testini topshirish nima uchun kerak?

Natijalari CEFR shkalasi bo‘yicha “C” darajasiga to‘g‘ri keladigan, “O‘qituvchilar uchun Aptis” testidan o‘tgan o‘qituvchilarga Davlat test markazi ma’lumotnomalari beriladi. Ushbu ma’lumotnomaga ega o‘qituvchilarga uning amal qilish muddati davomida asosiy ish haqining 15% yoki 30% miqdorida ustama beriladi.


Testni kim baholaydi?

Testning taqdim etilgan javoblari “Global British Council” baholash guruhi tomonidan baholanadi.


Natijalar qachon e’lon qilinadi?

Test natijalari test o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 72 soat ichida shaxsiy kabinetda e’lon qilinadi.

Must va Have to o’rtasida qanday farq bor?


Test qanday o‘tkaziladi?

“O‘qituvchilar uchun Aptis” testi Davlat test markazi tomonidan kompyuterda o‘tkaziladi.

 

Manba: dtm.uz

(Visited 144 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz