Aqlli ota – ona bilan oddiy ota – onani ajratib turadigan 7 farq

yaxshi ota ona

Aqlli ota – ona bilan oddiy ota – onani ajratib turadigan 7 farq

Mazkur maqolani rus tilidan tarjima qilib, siz azizlarga taqdim qilmoqchiman. Maqolani ko’rib chiqqanimdan so’ng siz bilan bo’lishishga qaror qildim.

Barchamiz bolalarni qanday tarbiya qilish nazariyasini bilamiz. Lekin afsuski vaqtning, oqillikning va sabrning kamligidan o’zimiz bilgan nazariy qoidalarga bo’yso’nmay tamomila boshqacha harakat qilamiz. Quyida sizga bolangizni shaxsini shakllantirish uchun 7 asosiy ma’lumotni keltiramiz. Asosiy qoida shuki: Bolani qanotini kesmang. Bir kuni ularni yozganda sizning ham yomon kuningizda qanotingizni tushirtirmaydi.

  1. Oddiy ota – ona farzandi bilan vaqtini o’tkazishga harakat qilib, o’zining qiziqishlarini chetga surib qo’yadi. Aqlli ota – ona esa o’zi haqida ham qayg’uradi va farzandlarini ham shunga o’rgatadi.
  2. Oddiy ota – ona oqshomlarda uy ishlarini farzandlari bilan bajaradi. Aqllisi esa farzandidan uy ishini o’zi bajarishini talab qiladi va faqatgina uning qo’lidan kelmasagina yordamga keladi. Lekin shunda ham farzandiga to’g’ridan to’g’ri mashq javobini aytmasdan, javobni topishga yo’l ko’rsatadi.
  3. Ko’p ota – onalar o’z aybini yuvish uchun farzandiga sovg’a sotib oladi. Dono ota – ona esa bolaga mayda xarajatlar uchun pul beradi. Bolaning o’zi pulni qanday sarflash haqida bosh qotiradi va dono ota – ona tomonidan ozgina pulni yig’ib boradi. Bu holatda ota – ona albatta bolaga to’g’ri yo’l ko’rsatib borishi lozim.
  4. Ba’zi hollarda onalar va otalar bolaning o’zini yomon tutishi haqida bosh qotirmaydilar. Ular uni tezroq tinchitishga harakat qilishadi. Albatta bunda hollarda, dono ota – ona bolani o’zini bunday tutishiga sabab nimadaligini tushunib, shunga yarasha chora ko’radi.
  5. Oddiy ota – ona eng avval farzandini muvaffaqiyatli va omadli bo’lib o’sishini istashadi. Donosi esa bola bilan iliq va yaqin munosabat shakllantirishga harakat qiladi.
  6. Oddiy ota – ona farzandini har xil muammolardan himoya qilishga harakat qiladi, garchi undan buni so’rashmasa ham. Aqllisi esa farzandini xato qilishiga yo’l qo’yib beradilar. So’ng esa, uning xatosidan qanday dars olish mumkinligini o’qtiradilar.
  7. Ko’pincha oddiy ota – onalar farzandining xarxashasini tinchitish uchun nima istasa shuni qo’yib beradilar. Bu holatdan esa shum bolakaylar foydalanaladilar. Dono ota – ona bu holda bolani boshga chiqarmaydilar. Ular bu holda o’zlarini hurmatini va farzandlarini hurmatini joyda ushlab turadilar.

 

(Visited 149 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz