⚡️Avtofokus metodi! ⚡️
📓Zerikarli darsning oldini oladi;
📓O‘quvchilar e’tiborini darsga qaratishga yordam beradi;
📓Tinglovchilarda hushyorlikni oshiradi;
📍Qanday qo‘llaniladi?
📚Dars boshlanishi bilan o‘quvchilarga qizil, oq, sariq, yashil kartochkalar tarqatib chiqasiz.
(Kartochkalar soni bir xil bo‘lsa yaxshi.)
📚Domigidek darsingizni boshlayverasiz va dars davomida kutilmaganda qaysidir rangni aytasiz.
📗Masalan, yashil. Yashil rangli kartochkasi bor o‘quvchilar o‘rinlaridan turishadi va ularga mavzuga oid savol beriladi.
📚Savolni o‘tirgan o‘quvchilar berishadi!
📚Shunda barcha o‘quvchilar ziyrakligi oshadi va bor e’tiborlari darsga, mavzuga qaratiladi.
📚Ishtirok etgan har bir faol o‘quvchini dars so‘ngida rag‘batlantiring.
Ularni shirin SO‘Z,
shirin KONFET yoki
shirin BAHO lar bilan hursand qilish mumkin!