Bola va telefon

Bolangizni berib qo’ymang!

O‘ta xavotirli tahlillarni sizlar bilan bo‘lishmasam bo‘lmaydi. Odamlarni karantin paytida uyda qolganidan foydalanib dunyoning turli nuqtalaridan internet orqali ongga ta’sir etuvchi xurujlar amalga oshishi mumkinligi haqida oldinroq xabar bergan edim.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, istalgan xalqlarni qadriyatiga putur yetkazuvchi salbiy targ‘ibot ishlari asosan mobil telefonga o‘rnatilgan “onlayn” o‘yinlar orqali amalga oshirilmoqda.

Bu qanday sodir bo‘ladi?!

Zilzilaning vayronkorlik darajasi haqida

Foydalanuvchilar play market orqali istalgan o‘yinni yuklab oladi. Uy qurish, qurolli to‘qnashuvlar, fermerlik va shunga o‘xshash mazmundagi o‘yinlar. Bir qaraganda inson ongini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan mantiqiy o‘yindek ko‘rinsada uning ichidagi topshiriq va tuhfa(priz)larga erishish bosqichi borgan sari murakkablashib boradi.

Sun’iy intellekt orqali ushbu o‘yindan foydalanayotgan har qanday foydalanuvchilarni o‘z domiga tortadi. Yengil hayotga targ‘ib qilish, or-nomusni so‘ndirish, dayuslikni singdirish, jamoat joylarda yechinib shahvoniy raqslarga tushish, befarqlik, oilaviy munosabatlarni izdan chiqqarish, xiyonatga yetaklovchi yo‘riqlar va shunga o‘xshash illatlar bosqichma-bosqich telefon o‘yinidan foydalanayotganga o‘rgatiladi.

Jahon mamlakatlaridagi o’tiladigan noodatiy darslar

Bunday xurujlar odatda o‘yinning 50-bosqichlaridan yoki dastur yangilangandan (obnovleniya) so‘ng boshlanadi. Bu mexanizm davri o‘yin yuklab undan normal foydalanish o‘rtacha bir hafta o‘tganda o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi.

Bir haftagacha hech qanday salbiy holat kuzatilmaydi. Qoyilmisiz?! Bu zararni o‘rganish uchun kamida 500-700 bosqichgacha har bir o‘yinni o‘ynash lozim. Sniper, Garden va o‘nlab o‘yinlarni tahlil qilib bordim.

Nafaqat farzandingiz balki turmush o‘rtog‘ingiz va yaqinlaringiz uchun ham zararlidir. Ishontirib aytamanki, bu global reja ta’siridan kamdan-kam foydalanuvchilar qutula oladi.

Ko‘chadagi yoshlarning behayo qiliqlari, uydagi yosh bolalarning g‘alati bo‘lib qolayotgani, ayrim er-xotin munosabatlaridagi sovuqlashishlarni tasodif deb bilasizmi?! Agar qo‘lida telefon bo‘lsa va unda qaysidir o‘yinni o‘ynayotganini bilsangiz u holda bunga befarq bo‘lmang!

O‘zingiz bilmagan holda eng yaqin insoningizdan ajralib qolmang. Or-nomus masalasiga hushyor bo‘ling! Chimildiqda bilishi kerak bo‘lgan narsalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘rganishini tabiiy holat deb o‘ylamang! Endi tushunayotgan bo‘lsangiz kerak?! Sun’iy intelektdan foydalangan bunday maxsus rejalar ta’siri pornografik kinolardan ham yomondir!

Eng katta kutubxonalar haqida bilasizmi?

Ushbu ogohlantirishni keng tarqatishda yordamingiz kerak azizlar!

Mardon Aslonov

(Visited 118 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz