(Ўзбекча) Bola xulqi buzulishi sabablari nima?

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzandi oldidagi burchlaridandir. Bu haqni ado etish o‘z- o‘zidan bo‘lmaydi, insondan katta mas’uliyat, mashaqqat talab qiladi.

Bola tarbiyasiga eng birinchi navbatda ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur mashg‘ulotlar bilan band qilishi kerak. Bola ongi bo‘sh turmaydi. Uydagi tarbiya bolani qoniqtirmasa, ko‘chaga intiladi, o‘zi bilmagan holda boshqa “dunyo” komiga kira boshlaydi.

Bugun kim bilan o‘tirib gaplashsangiz, darrov farzandiga buzg‘unchi g‘oyalar ta’sir etayotganidan shikoyat qiladi. Ba’zi xonadonlarda farzandlar axloqi katta muammoga aylangan.

Yangi asrda axborot tezligi taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ayni chog‘da qator muammolar keltirib chiqaryapti. Internet, uyali telefon orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish eng katta muammoga aylandi. Ehtiyot choralari izlanyapti, lekin bu harakatlarning ko‘pi faqat nazariy. Ularni amalda qo‘llash qiyin.

 

Bugun ko‘pchilik takrorlaydigan iboralar:

“Farzandim meni tushunmaydi”; “Menga itoat etmaydi”; “Nasihatimga quloq solmaydi”; “Kunduzi uxlab, tunda televizor ko‘radi”; “Aka-ukalari bilan janjallashadi”; “Ko‘p yolg‘on gapiradi” va hokazo.

O‘tgan ulug‘larimiz bola xulqi buzilishiga ko‘pincha ota-ona sabab bo‘lishini ta’kidlashgan.

 

Jumladan, asosiy ichki sabablar:

– Oilani boshqarishda ota-onaning aniq maqsadi yo‘qligi;

– Alloh taolodan yordam so‘ramaslik;

– bola go‘daklik davridanoq tarbiya uslublarini yo‘lga qo‘ymaslik, bola tarbiyalashni bilmaslik;

– moddiy ta’minotni haddan oshirib yuborish yoki umuman ta’minlamaslik;

– bolaning ta’lim olishdan maqsadi yo‘qligi yoki darslarni o‘zlashtirolmasligi, maktabga ota- ona majburlashi bilan borishi;

– bolaning ota-onadan qoniqmasligi;

– murabbiydan qo‘rqishi;

– ota-onadan mehr ko‘rmay, boshqalardan shirin so‘zlar eshitishi;

ota-ona farzandi oldida janjallashishi;

– ota-ona farzandlaridan birini maqtashi, boshqasini e’tiborsiz qoldirishi;

– ishlarni faqat chaqqon bolaga yuklab, qolganlariga beparvo bo‘lish;

– ota uzoq vaqt uyda bo‘lmasligi;

– kichik xatoni bo‘rttirish;

– uydagi holat bilan talab qilinayotgan narsaning bir-biriga mos kelmasligi;

– bolaning xatosini to‘g‘ri tushuntirmaslik, boshqa bolalarga solishtirish. Bu ish noto‘g‘ri. Chunki har bir bola o‘z tabiatiga ega.

 

Tashqi ta’sirlar:

– muallimning o‘zi o‘rgatayotgan fan maqsadini bilmasligi;

– tashqarida ham o‘rnak bo‘ladigan shaxsning yo‘qligi;

– shahvatni qo‘zg‘atuvchi omillar;

– aloqa vositalari rivojlanib ketishi sabab yomon do‘stlarning ko‘pligi;

– ta’lim-tarbiya zamon talablariga mos emasligi;

– tashqi ko‘rinishi bilan tengdoshlaridan ajralib turishi;

– ortiqcha qo‘pollik, qattiqqo‘llik, o‘rinli-o‘rinsiz kaltaklayverish.

Bu illatlar tufayli bolaning fe’li buziladi, beti qotadi.

Uyimiz, ko‘cha-ko‘y, yashab turgan jamiyatimizdagi muhit, ta’lim-tarbiya muassasalari – bularning barchasi tarbiya omillaridir. Ammo hozir dunyoning har tomonidan yoshlarga maxsus yo‘naltirilayotgan maqsadli “tarbiya uslublari” ham borligini unutmaylik. Zero, yaxshi bola ikki dunyo saodatiga vosita bo‘luvchi sadaqai joriyamiz bo‘ladi. Farzand tarbiyasida shuni doim yodda tutaylik.

(Visited 36 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz