(Ўзбекча) Bolajonlar uchun topishmoqlar

Sorry, this entry is only available in Ўзбекча. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

A harfiga
Uyg’onar bahor chog’i
O’rmonning xo’jayini
Ammo shirin asalga
To’gditib bo’lmas uni

Javobini bilish
Ayiq

Oo harfiga
Qoziqorin qalpog’ing
Go’yo gulli soyabon
Uni qayerdan olding
Deb so’rabdi olmaxon

Tt harfiga topishmoq

To’ni silliq tuki yo’q
Hammasi to’q po’ki yo’q
Ichi qizil ko’ki yo’q
Uni cho’qolmas chumchuq
Bu nima qizim Qunduz
Bumi dadajon ,,,,,,,,,,

Javobini bilish
Tarvuz

Oyga qush ucha olmas
Samolyot yetib bormas.
Ammo,yerdan yalt etsa,
Qoʻnar oyga….

Javobini bilish
Raketa

Raketani boshqarar,
Yulduzlar unga boqar.
Boʻshliqda uchar gʻir-gʻir,
Jasur yigit ….

Javobini bilish
Fazogir

Tunda koʻrsatadi yoʻl,
Yulduzlarni sana ,boʻl!
Barcha uyquda,ammo,
Nur taratar….

Javobini bilish
Oymoma

Moviy rangli sayyora,
Hayot uchun tayyora.
Ayamay mehringni ber,
Budir bizning Ona…

Javobini bilish
YER

Tunda chiqar onasi,
Necha minglab bolasi.
Bekinishar qoʻrqandan
Kelib qolsa otasi …..

Javobini bilish
Oy, yulduz,Quyosh

Erta turadi,
Jar chaqiradi.

Javobini bilish
Xo’roz

Boshi taroq,
Dumi o‘roq.

Javobini bilish
Xo’roz

Jonlidan jonsiz do‘raydi,
Jonsizdan jonli do‘raydi.

Javobini bilish
Tovuq, tuxum, jo‘ja

Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.

Javobini bilish
Laylak

Tomda turgan pishagim,
Bo‘yni uzun eshagim.

Javobini bilish
Laylak

Qirdan turib tuxum irg‘itdim.

Javobini bilish
Burgut

Bir qushim bor farangi,
Chorbog‘da chalar changdi.

Javobini bilish
Sa’va

Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi.

Javobini bilish
Boyo’g’li

Liking-liking yo‘rg‘asi,
Og‘zida baxmal to‘rvasi.

Javobini bilish
Kaklik

Yuqoridan keladi zebogina tovshi bor,
Oyog‘ida paxmoqqina kovshi bor.

Javobini bilish
Kaklik

Buxorodan kelgan minoli,
Og‘iz-boshi xinoli.

Javobini bilish
Kaklik

Saroyda sari otim,
Sebi bilan kishnaydi,
To‘qayda to‘riq otim,
To‘pi bilan kishnaydi.

Javobini bilish
Kaklik

Qizil yulg‘unning tagida
Qizlargul opam yotibdi.

Javobini bilish
Qirg’ovul

Surp ko‘ylaklik,
Selon kamzullik.

Javobini bilish
Olashaqshaq

Liking-liking yo‘rg‘asi bor,
Kumush choqli sirg‘asi bor.

Javobini bilish
Olashaqshaq

Atlas ko‘ylak qanoti,
Xush xabarchi odati.

Javobini bilish
Zag’izg’on

Oqligi sutday,
Ko‘kligi nilday,
O’tirishi bekday.

Javobini bilish
Zag’izg’on

Yozda keladi,
Qishda ketadi.

Javobini bilish
Zag’izg’on

Jar boshida yashil paxta.

Javobini bilish
Ko’k kaptar

Gul ustida olifta ashulachi.

Javobini bilish
Bulbul

Zuv-zuv borag‘ay,
Tomdan qarag‘ay.
Cho‘p, loy cho‘qig‘ay,
Savat to‘qig‘ay.

Javobini bilish
Qaldirg’och

Kichkina juvonmarg,
Tom boshidan o‘tin tashlaydi.

Javobini bilish
Chumchuq

Qizil qiya ichida
Qiyma juvon o‘tirar.
Dakanasin dol qo‘yib,
Dalva juvon o‘tirar.

Javobini bilish
Bedana

 

Manba
(Visited 848 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Add comment

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz