Bolalarga bering she’r

BOLALARGA BERING sheri

(1-Iyun-Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlanadi)

Bilmoq uchun olamning sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin hayot,
Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini, baxtin ko‘ring siz,
Kamolini, taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.

Xurshid Karim

(Visited 32 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim