Bolani muloqot orqali qanday tarbiyalash mumkin???
1-So‘z orqali tarbiyalang. Bola bilan muloqot qila olish tarbiyaning muhim jihatlaridan biridir. Bunga erishishning bir necha yo‘llari bor:
2- Oldin muomala o‘rnating, keyin yo‘l-yo‘riq ko‘rsating. Kichik yoshdagi bolangizga biror muhim gapni tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, oldin tiz bukib o‘tiring. Ko‘zingiz uning ko‘zi bilan tenglashsin. Chunki, ko‘z orqali axborot almashish katta ahamiyatga ega.
3- Bolangizga ismi bilan murojaat qiling, ayniqsa, suhbat boshida. Qolaversa qisqa, londa va oddiy tilda gapiring.
4-Asosiy maqsadingizni so‘zingiz boshidayoq ayting. Ayniqsa, aytmoqchi
bo‘lgan gapingiz bitta bo‘lsa yoki bolangizning yoshi kichik bolsa.
5 – Bolangizdan aytganlaringizni qaytarishini
6-Farzandingizga rad etishi mumkin bo‘lgan ishni buyuring. Masalan, «Kiyinib olsang, aylangani chiqamiz», deb ko‘ring.
7-Tasdiq gaplarni ishlating. «Pichoqqa tegma!» deyish o‘rniga «Pichoq o‘tkir, qo‘lingni kesishi mumkin. Ehtiyot bo‘l», deb ogohlantiring.
https://t.me/Farzandtarbiyasivasalomatligi