1. Haqiqiy sevgi
Bo’ri o’z juftini topgandan so’ng, umri davomida kasallik va sog’likda ham, yaxshi va yomon kunlarda ham o’lilmga qadar birga qolishadi. Albatta, urg’ochi bo’ri bolalarini dunyoga keltirgandan so’ng alfa erkak va oiladagi barcha bo’rilar yosh bo’richalarni tarbiyalashda va ularning omon qolishini ta’minlashda yelkama-yelka turadilar.
2. Bo’rilar bir-biri uchun o’lishga tayyordirlar
Monogamiya (bir juft bilan umr kechirish) tendentsiyasidan tashqari, bo’rilar o’z oilalari va boshqa to’dadagi yaqinlari uchun kuchli ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradilar. Ular to’da / oila birligini saqlab qolish uchun o’zlarini qurbon qilishlari ma’lum.
3. Barcha gap uvillashda
Ehtimol, bo’rining eng mashhur xususiyati uning hayratlanarli darajada go’zal uvillashidir. Bu yolg’iz bo’rilar va ularning to’dasi o’rtasida ham, galalar o’rtasida ham asosiy aloqa vositasidir. Hudud haqida gap ketganda, galalar o’rtasidagi uvillash o’sha bo’rilar galasining hajmi va kuchini aniqlaydi, ko’pincha ob-havoni yoki hujum qilmaslik yoki chekinmaslikni ham anglatadi.
4. Bo’rilarning tanalari juda uzun
Urg’ochi bo’rilarning o’rtacha uzunligi burundan dumgacha 137 sm dan 182 smgacha bo’lsa, erkaklar uzunligi 198 smgacha cho’zilishi mumkin. Balki shuning uchun ular qisqa masofalarga soatiga 57 kmdan 61 km tezlikda yugurishlari mumkin, ammo ular o’ljani ta’qib qilmasalar, yuqoridagi tezlikdan ancha pastroq tezlikda yugurishadi.
5. Marafonchilar
Yuqorida aytib o’tilgan tezlik ayrim yirtqich hayvonlarning tezligiga teng bo’lmasa-da, bo’rilar juda chidamli yuguruvchi ovchilardir. Ular o’ljalarini soatlab, tungacha kuzatib borishlari ma’lum. Va ular yuqori IQ va mukammal eshitish va hidlash hissi kabi qo’shimcha qobiliyatlarga ega bo’lib, bularning barchasidan keyingi o’ljani ta’qib etishda yaxshi ishlatishadi.
6. “Omon qolish taktikasi”
Bo’rilar bir o’tirishda juda ko’p, ya’ni 9 kg go’shtni yeyishlari mumkin. Alfa erkak birinchi bo’lib o’ramdan eng ko’p go’shtni yutib yuboradi, undan keyin galaning boshqa a’zolari va boshqalar o’lja go’shtiga yaqinlashadilar. Bir yeyishda o’ta katta bo’lak go’shtni yutib yuborish bo’rilarning omon qolish taktikalaridan biridir. Ular keyingi o’lja qachon bo’lishini bilishmaydi va bir necha kunlab ovqatsiz qolishga mahkum bo’lishlari mumkin.
7. “Buvijon, qo’llaringiz buncha katta!”
Agar siz qachondir bo’ri oyog’i izini ko’rib qolsangiz, hayratdan yoqangizni ushlashingiz mumkin. Sababi, bo’rilarning oyoq izi kengligi 10 sm va uzunligi 12 sm bo’ladi. Bu esa voyaga yetgan insonning qo’l iziga tengdir.