Chet tili o’qituvchilarining imtihon xarajatlarini qaytarish bo’yicha ARIZA namunasi
Kamida C1 darajali xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan bo‘lsangiz PQ 5117 bo’yicha imtihon harajatlarini qaytarish bo’yicha viloyatingizdagi MALAKA OSHIRISH INSTITUTI ga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
30 yoshgacha bo’lgan kadrlar Yoshlar Agentligi orqali, 30 yoshdan oshgan pedagog kadrlar esa malaka oshirish instituti orqali xarajatlarini qoplab olishlari mumkin.
Ta’lim vazirliklarining 29-may 2024-yildagi “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3515-sonli qarori ro’yxatida berilgan ushbu sertifikatlar uchun imtihon xarajatlarini qaytarib olish mumkin:
1. IELTS
2. TOEFL iBT
3. TOELF ITP
4. CAE
5. iTEP
6. TKT
30 yoshdan oshmaganlarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esa quyidagi sertifikatlar uchun xarajatlar qoplab beriladi:
1. IELTS
2. TOEFL
3. CAE