Shotlandiyalik sayyoh David Livingston
Livingston David (1813.19.03, Blantayr, Lanark grafligi – 1873.01.05, Chitambo, Zambiya) – Shotlandiyalik sayyoh. Ixtisosi – vrach. Markaziy va Janubiy Afrikani tadqiq qilgan.
1840-yilda London missionerlar jamiyati tomonidan Janubiy Afrikaga yuborilgan. 1841-1852 yillarda Kalaxari bechuanlari orasida yashab, o’sha yerlarni o’rgandi. Sayohati davrida Livingston David 1000 dan ortiq punktlarning joylashgan o’rnini aniqladi; birinchi bo’lib Janubiy Afrika relyefining ilmiy tavsifini berdi. Zambiyadagi shahar, Sharqiy Afrikadagi tog’lar, Kongo daryosidagi sharshara Livingston David nomi bilan ataladi. Livingston David insonparvar bo’lgan, qullar bilan savdo qilishga qarshi kurashgan. Shotlandiyada Glazgo shahri yaqinida Livingston David xotira muzeyi bor.