Dekart haqida faktlar

  • Farangistonlik faylasuf, riyozatchi, tibbiyotshunos olim va uslubiy nazariyotchi Rene Dekart 1596-yil 31-martda Turen muzofotining Lae shaharchasida dvoryan oilasida dunyoga keldi.
  • 1619-yildan boshlab Dekart falsafa bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishadi.
  • Rene Dekart tabiatan qiziqqon bo‘lsa-da, bahs va tortishuvlar chog‘ida doimo o‘zini munosib tuta bilgan.
  • U birinchi bo‘lib «Efir» atamasini va u haqidagi g‘oyani fan olamiga olib kirdi.
  • «Fikrlayapman, demak mavjudman», — degan naqlni ham Dekart o‘ylab topgan.
  • Shuningdek, u birinchi bo‘lib, kamalakning paydo bo‘lish sabablari va uning tabiatini tushuntirib berdi.
  • Dekart 1650-yilning 11-fevralida yetti kun davom etgan ayovsiz bezgak xurujidan so‘ng vafot etadi.
  • Bizgacha Rene Dekartning quyidagi asarlari yetib kelgan: «Aqlni boshqarish qoidalari», «Koinot yoki olam haqida mushohadalar», «Falsafa ibtidosi», «Uslub haqida mushohadalar», «Handasa» va boshqalar.
(Visited 20 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz