Dengiz toshbaqalari haqida qiziqarli ma’lumotlar

Dengiz toshbaqalarining yetti xil turi mavjud.

Green sea turtle (Chelonia mydas), Loggerhead (Caretta caretta), Kemps ridley (Lepidochelys kempii), Olive ridley (Lepidochelys olivacea), Hawksbill (Eretmochelys imbricata), Flatback (Natator depressus), and Leatherback (Dermochelys coriacea).

 Terili toshbaqa dengiz toshbaqalarining eng kattasi sanaladi

Katta yoshdagi terili toshbaqaning uzunligi taxminan 1,8-2,2 met gacha o’sishi mumkin. Ular dengiz toshbaqalarining eng katta turi bo’lib, eng og’ir vazni 900 kilogrammgacha bo’lishi mumkin. Ular og’irligi bo’yicha sudraluvchilar ichida og’irligi bo’yicha to’rtinchi sanaladir. Bu toshbaqa o’z o’rnida yagona yumshoq qobiqqa ega bo’lgan dengiz toshbaqasidir. Ularning orqa qismi qattiq, kauchuk teriga o’xshash qoplamaga ega.

Dengiz toshbaqalari ekotizimga yordam beradilar

Ba’zi ekotizimlarning muhim qismi dengiz toshbaqasining ovqatlanishiga bog’liqdir. Ular asosan o’simlikning o’sishiga yordam beradigan va rag’batlantiradigan dengiz o’tlarini iste’mol qiladilar. Dengiz o’tlari ko’plab dengiz jonzotlarining ko’payishi va rivojlanishi uchun muhim hududlardir, shuning uchun bu hududlarning gullab-yashnashi juda muhimdir.

Dengiz toshbaqasining jinsi harorat bilan belgilanadi.

Dengiz toshbaqasi inida tuhum qo’yganda tuhum ichidagi toshbaqachaning jinsi hali shakllanmagan bo’ladi. Ya’ni u na erkak na urg’ochi bo’ladi. Dengiz toshbaqalachalarining jinsga bo’linishi boshqa jonzotlardagidek urug’lanish jarayoniga bog’liq bo’lib qolmay, balki bunday holatda indagi harorat tuhumdagi toshbaqachani erkak yoki urg’ochi bo’lishiga ta’sir qiladi. Agar harorat 28-29 °C dan issiqroq bo’lsa tuhumni urg’ochi toshbaqacha yorib chiqadi. Agar harorat 28-29 °C dan pastroq bo’lsa tuhumni erkak toshbaqacha yorib chiqadi.

Qachonlardir dengiz toshbaqalariga sig’inishgan.

Perudagi Moche odamlari dengiz toshbaqalariga sig’inishgan. Moche sivilizatsiyasi Peruning shimoli-sharqida miloddan avvalgi 100 yildan 700 yilgacha mavjud bo’lgan. Mazkur sivilazatsiya odamlari qishloq xo’jaligi va baliq ovlash bilan mashg’ul bo’lganlar va dengi toshbaqasini muqaddas deb bilganlar.

Kosta Rikada dengiz toshbaqalari turistlar uchun juda jozibadorlar. 

Kosta-Rika davlati o’z turizmini dengiz toshbaqalariga tomosha qilishga qaratgan. Ekoturizm va dengiz toshbaqalarini saqlash loyihalariga turistlarni jalb etish bu davlat turizm sohasida muhim burilish bo’lgan.

Eng qadimgi dengiz toshbaqasi 120 million yoshdadir!

Dengiz toshbaqalarining qoldiqlari va skeletlari ularning dinozavrlar bilan birga yashaganliklariga dalil bo’la oladii. Dengiz toshbaqalari bugungi kunda ham yashab, bir vaqtlari dinozavrlar bilan zamondosh bo’lgan sanoqli sudralib yuruvchilardan biridirlar. Desmatochelys padillai toshbaqa skeleti 2007 yilda paleontolog Meri Luz Parra va uning ukalari tomonidan qazib olingan. Skelet 145,5 milliondan 65,5 million yil oldingi davrga to’g’ri keladi.

Dengiz toshbaqasi 50-100 yil umr ko’radi.

Dengiz toshbaqalarining barcha turlari ichida eng qisqa umr ko’ruvchi hawksbill bo’lib, u o’rtacha 30-50 yil umr ko’radi. Yashil toshbaqa esa eng uzoq umr ko’radi va uning yoshi o’rtacha 80 yoshni tashkil qiladi. Lekin yashil toshbaqa ba’zida 100 yilgacha yashashi mumkin! Ko’pchilik dengiz toshbaqalarining kamolotga yetishi va reproduktiv rivojlanishi uchun 15-50 yil kerak bo’ladi. 2019 yil holatiga ko’ra, eng qari dengiz toshbaqalaridan biri Myrtle deb nomlanadi.

 

(Visited 4 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz