Dunyo ta’limi haqida qiziqarli ma’lumotlar

Har bir davlat ta’lim tizimining o‘ziga xos qonun- qoidalari bor. Ular mamlakat an’analari, odamlarning dunyoqarashi, ta’limga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi. Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

Xitoy

O‘quvchilarga uyga vazifa ko‘p beriladi. Masalan, o‘quvchilar haftada 14 soat vaqtini uyga berilgan vazifalarni bajarishga sarflaydi.

Rossiya

O‘quv yili «Bilimlar kuni» bilan boshlanadi, bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa ham 1 sentyabr shu tariqa nishonlanadi.

Fransiya

Kundalik ovqatlanish masalasiga Fransiyada katta e’tibor beriladi, o‘quvchilar taom tayyorlash va ovqatlanish rejimi haqida mukammal tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

Eron

O‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitiladi, qizlarga ayol, o‘g‘il bolalarga erkak o‘qituvchi dars o‘tishi shart.

Avstraliya

Uzoq mintaqalarda yashaydigan o‘quvchilarga radio orqali dars o‘tish tajribasi bor.

Chili

Yozgi ta’til biz uchun g‘ayrioddiy muddatda, ya’ni dekabrning o‘rtalaridan martning boshigacha davom etadi.

Gollandiya

Bolalar juda erta — 4 yoshidayoq maktabga chiqishadi.

Islandiya

Maktab o‘quvchilariga tikish-bichishdan ham saboq berishadi.

Braziliya

Tushlikka katta e’tibor qaratiladi, ko‘p maktablarda darslar juda erta, ya’ni ertalab soat yettidan boshlanadi, tushlikni esa o‘quvchilar uylariga borib oila davrasida qilishlari mumkin.

Finlandiya

Bolalar yetti yoshga to‘lgachgina maktabga qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu davlat ta’lim tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hukumat tasdiqlaydigan ta’lim hujjatlari faqat yo‘riqnoma hisoblanib, o‘qituvchi o‘zi ma’qul topgan uslubda dars berishi mumkin. O‘quvchilarga to‘qqiz yoshidan shved tili (ikinchi til sifatida), o‘n bir yoshidan ingliz tili o‘qitila boshlaydi. Maktab o‘quvchilari kamida to‘rtta tilni o‘rganadilar.

(Visited 257 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz