Qanday holatda o’qituvchiga emaktab.uz’da bahoni vaqtida qo’ymagani uchun haq to’lanmaydi
Darsda qatnashgan o’quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo’limidagi «Dars o’tildi» qaydiga belgi qoʻyish zarur.
O’quvchilar o’z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.
✅ Sinf rahbari «bir kunlik jurnal» da fanlar ostidagi «PR» ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo’yib boradi:
➖ s- «kichik», hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
➖ dq «kichik», sababli dars qoldirganligini ko’rsatish uchun;
➖ k-«kichik», kasallik sababli dars qoldirganligini ko’rsatish uchun;
➖ kq «kichik», darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m «kichik», surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ch «kichik», respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko’rsatish uchun;
➖ q «kichik», ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ns «kichik», ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko’rsatish uchun;
tq «kichik», turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko’rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.
✅ Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:
➖ s-«kichkina», hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- «kichik», darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).
✅ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta’lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug‘i.