Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo’yicha milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo’lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo’shimcha ustama to’lanadi;
Eslatib o’tamiz, milliy sertifikatga ega o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchilariga 50 foiz ustama to’lanishi haqida prezident Shavkat Mirziyoev 2023 yil dekabr oyidagi yig’ilishlardan birida e’lon qilgan edi. Tarix fani o’qituvchilariga ustama to’lanishi esa ilk marta ma’lum bo’lmoqda.
(Visited 39 times, 1 visits today)