[:uz]
👶Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi?
Yechimi: Unga xotirjamlik in’om eting. Bola agar qoʻrqmasa, bosim va tahdid ostida boʻlmasa u yolgʻon gapirmaydi. Unga osoyishta va tinchlikni xis ettiring.
👶 Farzandingiz qaysarmi?
Yechimi: U oʻjarlik qilib turganda, siz unga xilof ish qilmang. Chunki u sizning aks ish qilayotganingizni koʻrsa, qaysarligini oshiradi!
Unga muhabbatingizni berib, bagʻringizga oling.
👶 Farzandingizning oziqlanishi zaifmi?
Yechimi: Uni aslo bunga majbur etmang. Balki, uni oʻynayotganida ovqatlantiring yoki aka-ukalari bilan raqobat uyushtirib, oziqlantirishga harakat qiling. Taomlarini rangli mevalar bilan bezab bering.
👶 Farzandingiz kichik ukalarini urayaptimi?
Yechimi: Uni kichik ukalari bilan solishtirmang. Ularga beradigan mehr-muhabbatingizni adolatli eting. Biri qolib boshqasiga ehtimom koʻrsatayotganingizni ularga zinhor bildirmang.
👶 Farzandingiz elektron oʻyinlariga oʻchmi?
Yechimi: Oʻyin vaqtlarini sekin astalik bilan kamaytirib boring. Toʻsatdan uni oʻyinlardan mahrum etmang. Aks xolda oʻyinga boʻlgan ehtirosi ilgariga nisbatan yanada kuchliroq boʻlib, zoʻrayib ketadi.
👶 Farzandingiz axloqsiz va odobsiz soʻzlarni talaffuz etayaptimi?
Yechimi: Unga ovozingizni koʻtarib ovvora boʻlmang. Balki, yumshoqlik bilan tshuntiring. Va unga “tilning pokligi dilning pokizaligidan” deb ayting va masdarini ham keltirishga harakat qiling.
👶 Farzandingiz namoz oʻqimayaptimi?
Yechimi: Allohga boʻlgan muhabbatini oshiring. Jamiiki ne’matlar shuningdek, oʻyinchoqlar va shirinliklarning bari Allohdan ekanligiga xis etdiring.
👶 Farzandingizda barmogʻini soʻrish yoki tirnogʻini tishlash odati bormi?
Yechimi: Demak farzandingiz osoyishtalikga muhtoj. Unda biron-bir tahdiddan yoki yomon narsalarni sezish evaziga, qoʻrqish xissi bor.
👶 Farzandingizning gʻazabi tezmi?
Yechimi: Unga gʻazab bilan javob qaytarmang. Balki, gʻazablanganida tahorat olishni oʻrgating. Soʻngra unga “tinchlan, keyin kelishib olamiz” deb ayting.
👶 Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?
Yechimi: Unga ishonch baxsh eting. Yoshiga mos kelgan biron-bir narsaga boʻlgan mas’uliyatlikni topshirib qoʻying. Unga osoyishtalikni ato eting. Unga shaxsiyati zaif ekanligini bildirmang va uni sport klublariga a’zo ettiring. Chunki sport ruhi va badani uchun foydalidir.
👶 Farzandingizda balogʻatlik alomatlari bilindimi?
Yechimi: Uni poklik odobiga oʻrgating. Va uning oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkam eting. Aslo uning koʻrinishidan va ovozidan kula koʻrmang. Bundan buyon oʻz axloqlari uchun oʻzi mas’ul ekanligini bildiring.
👶 Oʻgʻlingizda ayollarga xos alomatlarni payqadingizmi?
Yechimi: Sekin astalik bilan qizlar bilan boʻlgan aloqasini chetlatib, uni koʻproq erkaklar safiga qiziqtiring. Hamda biroz dagʻallikni ham oʻrgating.
Agarda qizlarda erkaklarga xos harakatlarni sezsangiz, buning aksini qiling.
👶 Farzandingiz qaysarlik qilib, uygʻonishi bilan yigʻlaydimi?
Yechimi: Uning boshini mehr bilan silang va uning sevgan laqablarini aytib erkalang. Soʻngra «oyat al-kursi»ni past ovoz bilan oʻqing.
👶 Farzandingiz oʻyinchoqlar doʻkonida qaysarligini qila boshladimi?
Yechimi: Uni asabiylashmasdan chalgʻiting. Aslo uning talabiga, tinchlanganida ham koʻna koʻrmang. Yoʻqsa, ushbu odatga koʻnikib qolishi hech gap emas
[:]
