Dunyo rivojlangan sari insonlarning fikri va qarashlari ham o‘zgarib bormoqda, xohishlar ortib bormoqda, yangilikka intilmagan inson orqada qolib ketmoqda.
Bugun kasblar shunchalik ko‘pki, bolalar har qaysi kasbni egallashda ikkilanishi tabiiy holat.
Qaysi bir o‘quvchidan katta bo‘lsang kim bo‘lasan degan savolga “Prezident bo‘laman!” “Biznesmen bo‘laman!” kabi javoblarni eshitish oddiy holat bo‘lib qoldi.
Gollivud yozuvining tarixi haqida bilasimizmi?
Bundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak ota-ona farzandini qaysi kasbga qiziqishini o‘rganmaydi, uning xohishlari bilan yaqindan tanishmaydi.
Bizda bola rasm chizishga qobiliyati bo‘lsa u bolani shu kasbni egallashi uchun sharoit yaratmaymiz, balkim bu kasbdan sovitishga harakat qilamiz.
Sababi oddiy, rassomchilik xam kasbmi degan qotib qolgan fikr bilan farzandimiz orzularini yo‘qqa chiqaramiz.
Farzandimiz aslida yoshligidan qaysi bir soha yoki kasbga qiziqqan bo‘ladi, lekin bizda bir tushuncha bor, “Men orzu qilgan kasbni egallaydi farzandim deb”! O‘z orzularimizga farzandimiz orqali erishishga intilamiz.
Ko‘p holatlarda e’tibor beraman, ota-onalar bolani erkin fikrlashga va o‘zi istagan kasbini egallashga yo‘l qo‘ymaydi, buning natijasida bola o‘zi xohlamagan kasbi bilan bir umr kurashib yashaydi.
Bir tafakkur qilib ko‘ringda, inson agar o‘zi sevgan kasbini egasi bo‘lmas ekan, o‘sha kasb xech qachon rivojlanmaydi. Chunki bu kasbdan bolaga halovat yo‘q, majburiyat hissi bilan bir umr shu kasbda ishlashga mahkum.
Chiqindichilar shahriga xush kelibsiz!
Ota-ona sifatida maslahatim, farzandingiz muammolarini tinglang uning nimaga qiziqishlarini o‘rganing!
Farzandingiz uchuvchi bo‘lishini istaydimi, unda uni shu soxaga yaqin bo‘lgan robototexnika va injenerlik to‘garaklariga qo‘ying, shunda undagi o‘zgarishlarni ko‘rasiz.
Tadqiqotlarga ko‘ra, inson bolalik chog‘larida turli to‘garaklarga qatnagan bo‘lsa unda fikrlar teran bo‘lib, g‘oyalar ummondek yog‘ilib kelar ekan.
Shuning uchun farzandingizni oddiy teatr, tasviriy san’at to‘garaklariga bo‘lsa ham berib, uning kelajakda o‘z o‘rnini topishida ko‘makchi bo‘ling.
Bugun farzandingiz yangicha fikrlamas ekan, tengdoshlaridan ortda qolib, jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotadi. Shuni unutmang eng yaxshi sarmoya kelajak uchun qilingan sarmoya hisoblandi.
Agar Siz farzandingizdan arzimagan 100-150 ming so‘mni ayab uni xohishlarini o‘z holiga tashlab qo‘yyar ekansiz, ertaga farzandingiz uyda o‘tirib televizordan boshi chiqmay, boqimandaga aylansa aybni o‘zingizdan qidiring!
Baxromjon Aminov