Fizikadan topishmoqlar javoblari bilan

Topishmoqlar-aql zakovat zehn, fikr o’tkirligini sinov quroli hamdir, chunni u kishini hozirjavoblikka o’rgatadi. O’zbek va jahon xalqlarining qadimgi xalq og’zaki ijodlaridan biri hisoblangan topishmoqlar barchani qiziqtiradi va topqirlikka undaydi. Topishmoqlardan darsda samarali foydalanish o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini, zukko va fikrlar teranligini, topqirligini oshirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida ruhiy charchashni oldini oladi. O’qituvchiga esa o’quchilarni zehni dunyoni o’rganishga ularning individual xususiyatlarini anglashga yordam beradi.

  1. Oz qo’ysangiz sol deydi, Ko’p qo’ysangiz ol deydi.
    Javob
    Tarozi
  1. Joni borga o’xshar Issig’ingni o’lchar.
    Javob
    Termometr
  1. Sutkamiz hisobchisi.

Dam olmoqni bilmas hech

Tokcha devor qoldi u

Cho’t qoqadi erta-kech.

Javob
Soat

Rasmli boshqotirmalar

  1. Tiniqligi suvga o’xshar

Neki boqsa aksi tushar

O’zi qattiq temir emas

Qo’zg’atsangiz qimir etmas.

Javob
Ko’zgu  
  1. Yuzta aka-uka

Hammasi barovar

Qani o’ylab topingchi

Kim ekan o’zi bular.

Javob
Santimetr 
  1. Buvimda bor bir chiroq

Yonib turmaydi biroq

Ish tikar bo’lsa bivim

Taqib oladi har choq.

Javob
Ko’zoynak
  1. Bekorchi kerakmas

Ishlaganga bilinmas

O’zi qo’lsiz-oyoqsiz

Qarasangiz ko’rinmas.

Javob
Vaqt
  1. Beqasamdan yo’li bor,

Osmon-falakda chiqar.

Javob
Kamalak   
  1. Ko’zda ko’rinmas

Qo’lga ilinmas

Shusiz hech joyda

Hayot ham bo’lmas.

Javob
Havo
  1. Goh simobdek oqaman

Goh tutundek uchaman

Goh tosh kabi qotaman

Men birlashsam kuchliman.

Javob
Suv 

Saralangan insholar to’plami

  1. Suvga solsam botmaydi, Baliqlar ham yutmaydi.
    Javob
    Propka 
  2. Bir ko’z bilan tikilib

Yaratuvchi  yuzimni

So’ngra oppoq qog’ozda

Aks ettirdi o’zimni.

Javob
Fotoapparat  
  1. Havo rangli suv emas

Ko’prigi bor ko’l emas

O’zi ko’rmas ko’rsatar.

Javob
Ko’zoynak  
  1. Shishali yo’lak bo’ylab

Sergak oyim yuradi

Ob-havo nafasin

Birga aytib beradi.

Javob
Termometr  
  1. Yoqdir qo’lin oyog’i

Na ko’rinar qulog’i

Ammo unga bir qadam

Yer shari oyu, zuhra.

Javob
Kosmik kema

Загадки про школу

  1. G’ildiraksiz qanotsiz

Uchadigan minora

U bor bizga bir qadam

Osmondagi sayyora.

Javob
Kosmik raketa
  1. Suv ichida shag’illal

So’ng ishlaydi vag’illab

Simlardan taranar

Har xonani yoritar.

Javob
G E S
  1. Simdan oqar arig’i, birga yoqar yorug’i.
    Javob
    Elektr toki
  1. Po’lat qushim uchdi-ketdi, bir zum o’tmay oyga yetdi.
    Javob
    Raketa
  1. Olamga dong taratgan

Inson qo’li yaratgan

Charchamay ko’kni kezar

Har kim tovushin sezar

Ko’ksida “Tinchlik” so’zi

Yurtimizning yulduzi

Fanimizning quyoshi.

Javob
Yer suniy yo’ldoshi
  1. Ikki singil, og’ir yengil.
    Javob
    Tarozi
  1. Suvga tushsa suv bo’lmaydi, Loyga tushsa loy bo’lmaydi.
    Javob
    Soya 
  1. Igna uchi yaltiroq.
    Javob
    Shudring
  2. Qishda kelar, yozda ketar.
    Javob
    Bug’
  1. Qaraganda qaraydi

Xuddi sizday bo’lib

Soch tarasa taraydi

Kim bo’lsa taqlid qilib.

Javob
Ko’zgu

100 ta mantiqiy savollar (javoblari bilan)

  1. Tokchada uning joyi

Meni uyg’otar doim

Yursa hamki erta-kech

Joyidan jilmaydi hech.

Javob
Soat 
  1. Sayohatda as qotar, asbob nomi kim bilar.
    Javob
    Kompas
  1. Yerning tabiiy yo’ldoshi, oydindagi soz boshi.
    Javob
    Oy
  1. Qizaradi so’nmaydi, usiz giyoh unmaydi.
    Javob
    Quyosh
  1. Yer sharining to’rtdan uch qismin

Egallaydi ranggi yo’q modda

Unday kuchli erituvchi kam

Boshlangandir undan hayot ham.

Javob
Suv
  1. Suvlar unga mehmondir, u beshinchi ummondir.
    Javob
    Atmosfera
  1. Rangi boru shakli yo’q, uningsiz hayot ham yo’q.
    Javob
    Havo
  1. Yer yuzasi oy kabi

Qizib kech sovib kelmas

Meteoritlar cho’g’ bo’lib

Ne sabab yetib kelmas?

Javob
Atmosfera borligi uchun
  1. Ming chiroqda yuzta son, O’lchar yuza va tomon.
    Javob
    Santimetr
  1. Ot oladi mashina, elektr olib undan.

U esa olar zaryad

Kislota hamda suvdan.

Javob
Akkumulyator
  1. Uzun tiniq shishadan

Shkalali: stakan

Oz kerakmi yoki ko’p

Suv miqdorin o’lchanar.

Javob
Menzurka 
  1. Yorug’i bor

Dovrug’i bor.

O’zi yoq,

Ovozi bor.

Javob
Yashin momaqaldiroq

38. Simdan oqib keladi

Shamol kabi yeladi

Olam-olam kuchi bor

Uy ishiga u tayyor.

Javob
Elektr toki
  1. Juda tiniq bir shisha

Yorug’ berar hamisha

Lekin u chiroq emas

Pilik hamda yog’ demas

Havo kirmas ichiga

Hamma qoyil ishiga.

Javob
Lampochka 
  1. Sen ichida tursang tikka, olib chiqar yuksaklikka.
    Javob
    Lift

41.Qo’l-oyog’i yoq yuradi

Urib turar yuragi

Har kuni uning qulog’i

Dadajonim buraydi.

Javob
Soat
  1. Shakli o’xshaydi nokka,

nur sochadi har yoqqa

Kerakmas unga gugurt

U bilan ravshandir yurt.

Javob
Lampochka
  1. Ovozi bulbul

Ochadi ko’ngil

Senga ham nafas

Fikringga zapas

Qo’shadi hissa

Milloonlar qissa.

Javob
Radio
  1. Bir sim bor xo’p uzun

Ketgan juda uzoqqa

Eshitasan sozini

Tutib ko’rsang quloqqa.

Javob
Telefon
  1. Kerak har bir xonadonga

Issiqligi huzur jonga

Televizor xolodelnik

U bor bo’lsa jonli tirik.

Javob
Elektr toki

46.Qorga o’xshar emas qor

Qor kabi sovug’i bor

Quyosh chiqqan zamoni

Yo’qo’lar o’sha oni.

Javob
Qirov
  1. Chopsa chopilmaydi

Yopsa yopilmaydi

Bulutli kun har qancha

Izlasang topilmaydi.

Javob
Soya

48.Poyonsiz mato uzra

Sochildi behisob cho’g’

Shunday turib tonggacha

Bir joyi kuygani yo’q.

Javob
Yulduz 
  1. Tunni qilar kunduzday, nur sochadi yulduzday.
    Javob
    Lampochka
  1. Dengizda suzar bo’lsang

Tog’larda kezar bo’lsang

Yo’l ko’rsatib turaman

Odamga men jo’raman.

Javob
Kompas

 

(Visited 5 844 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz