Frank Figl – dengizchi Popay prototipi

Frank Figl – dengizchi Popay prototipi, 1920-yillar.

Popay birinchi marta 1929-yilda komikslarda paydo bo’lgan. Bu qahramon dastlab ikkinchi darajali qahramon edi, lekin o’quvchilar uni shunchalik yaxshi ko’rishdiki, muallif Elsi Kraysler Segar u uchun oʻz hikoyasini yaratadi.

Segarning do’sti, “Rodney” jangovar kemasida o’t yoquvchisi Frenk Figl Popay prototipiga aylanadi. Popay taxallusi ham tasodifan tanlanmagan. Bu “pop-eyed” so’zining hosilasi bo’lib, bu “chaqchaygan ko’zli” degan ma’noni anglatadi.

1933-yilda Popay haqidagi birinchi multfilm chiqdi, uning mo”jizaviy kuchi bir banka ismaloq iste’mol qilishdan kelib chiqadi. Ismaloq doktor Ivan Volfning noto’g’ri tadqiqotlari tufayli kuch beruvchi vosita sifatida tanlangan. Olimning ta’kidlashicha, ismaloqda juda ko’p miqdorda temir bor. Ammo keyinroq ma’lum bo’lishicha, olim hisoblashda adashgan. 100 gr ismaloqda 3,5 mg temir o’rniga, hamma 35 mg haqida gapirishgan.

Shunga qaramay, Popay multfilmi tufayli AQSHda ismaloq isteʼmoli 33%ga oshgan.

 

Foto

(Visited 146 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz