G’afur G’ulom mavzusida insho

G’AFUR G’ULOMNING HAYOTI VA IJODI.
SHOIR LIRIKASI
Reja:
BAYONI:
G’afur G’ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentda kambag’al oilada tug’ilgan.
Dastlabki savodni ota-onalari G’ulom aka va Toshbibi ayadan oldi. Biroq
beshafqat taqdir yoshligida uning boshini ko’p ham silamadi.
Otadan(1912), onadan(1918) erta ajragan G’afur bolaligidayoq yetim qoldi.
Qashshoqlik va yetishmovchilik deb ataluvchi tilsim ming-minmglab bolajonlar
qatori kelajakning buyuk shoiri –“o’ninchi yillarning sargardon”ini ham o’z
quchog’iga oldi. Etikdo’z kosibga qarashdi, kunduz kunlari singillarini boqib,
kechqurun qo’shni mahalladagi tegirmonda qorovullik qildi. Sariboy degan
boyning ko’shkin bog’ini qo’ridi. Ko’p yillar o’tgach, shu boy eshigidagi
xizmatlarni G’afur G’ulom o’zining “Shum bola” qissasiga ustalik bilan singdirib
yubordi.
Birinchi jahon urishi boshlanishi (1914), mardikorlikka olish (1916) tufayli
xalq boshiga tushgan mashaqqat va musibatlarni o’z ko’zi bilan ko’rdi, o’z
boshidan kechirdi.
1916-yilda rus-tuzem maktabiga kirib o’qidi. Bu tahsil G’afyr G’ulomga
keyinchalik, oktabr to’ntarishidan so’ng, bosmaxonada harf teruvchi bo’lib
ishlashida, 8 oylik muallimlar kursiga kirib o’qishida ancha qo’l keldi.
20-yillar komsomoli yoshlarga sho’roviy va inqilobiy ruhni singdirishda,
ularga imkoniyat va imtiyozlar berishda katta ishlar qildi. U yangi maktablarda
o’qituvchi, direktor bo’lib ishladi, internatga mudirlik qildi.
Internat G’afyr G’ulom taqdirida katta rol o’novchi muqaddas dargoh bo’lib
qoldi.Bu joydagi mehnat va hayot uning shaxsiy va ijtimoiy tuyg’ularini avj
oldirdi. Kunlardan birida boquvchisiz yetim bolalarga termilib, ich-ichidan
achindi, xo’rligi keldi, o’zining yetimlikda o’tgan umrini esladi. Tuyg’ulari
junbushga keldi-yu, marjon yosh bo’lib ko’ziga emas, qog’ozga she’r bo’lib
to’kildi.Bu G’afur G’ulomning birinchi she’ri edi. O’zbek adabiyotida, jahon
adabiyotida yangi bir shoir tug’ildi.
Shu tariqa salkam 45 yillik ijodida davomida G’afur G’ulom ko’pdan–ko’p
she’r, doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa, maqola, tarjima asoslar e’lon
qildi. Ular yuzdan ortiq to’plam va kitoblarda jamlanib, bosilib chiqdi .
“Mushtum”,“Yer yuzi” oynomalarida, “Sharq haqiqati”, “Qizil O’zbekiston”
ro’znomasida adabiy xodim va maxsus muxbir bo’lib ishlash G’afur G’ulomga
jamiyat hayotining qaynoq manzillari va zamondoshlari qalbining toza iqlimlarini
chuqur idrok qilish, his etish imkoniyatlari yaratdi.
G’afur G’ulom 20-yillardagi she’rlarida asosiy etiborini yangi jamiyatni
qaror topib kelayotgan yangicha munosabatlarini, talablarini kuylashga, eskilik deb
baholanayotgan tushunchalarini tanqid etishga qaratdi. Bu davr she’rlarida
badiiylikdan ko’ra bayonchilik, ehtirozdan ko’ra e’tirof ustunlik qiluvchi she’rlarXalq va Davlat hayotini aks ettirish 30-yillardan shoir asarlarining yetakchi
xususiyatlariga aylana bordi. Mazkur xususiyat, ayniqsa, “Turksib yo’llarida”
she’ri va “Ko’kan”dostonida yaqqol ko’zga tashlandi.
“Ko’kan” dostoni 20-yillar oxiri, 30-yillar boshlaridagi davr va xalq hayotini
badiiy aks ettirdi. Ayni vaqtda shu tamoyilni kuchaytirish va mustahkamlashda
muhim mafkuraviy rol o’ynaydi. To’g’ri, jamoa xo’jaligiga o’tish va o’tkazishda
majbur qilish, shuningdek, ko’pdan-ko’p o’rtahol xonadonlarning xonavayron
bo’lishi ham ro’y berdi. Lekin bu kamchilik, xato va cheklanishlar bilan bir vaqtda,
jamoa xo’jaligi o’zbek dehqoni muayyan qatlamining taqdirida, uning oyoqqa
turishida, xo’jaligining tiklanishida ijobiy rol ham o’ynaganini e’tiborga olsak,
doston o’zbek dehqoni tafakkuri, dunyoqarashi va yashash tarzidagi keskin
o’zgarishlarning badiiy hujjati tarzida ahamiyatlidir.
G’afyr G’ulom butun umri davomida ko’pdan-ko’p she’rlar, dostonlar yozdi.
Sho’ro siyosati va komfirqa mafkurasi tasirida el-yurtni yuksak ko’tarinkilik
ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik,
do’stlikni ulug’ladi. Ulug’ maqsad va fikr yo’lida xalqni, ommani safarbarlikka
da’vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga
xos bo’lgan muhim xususiyatlardir.
Mana shu xususiyatlarni badiiy tarannum etishda lirik qahramonning chuqur
o’y-mushohadalari-yu, uning donishmandligidan tortib, shu donishmandlikni
namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-baranglik, serqatlamlik,
ko’pma’nolilik, purhikmatlilik, bir so’z bilan aytganda, falsafiylik shoir ijodining
muhim belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
(“Vaqt” she’ridan)
G’afur G’ulomning ba’zi she’rlari tarixiy hodisalar, ma’lumotlar va shaxslar
obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi,
tarixiy shaxs taqsdiri, qiyofasining in’ikosi qadar aniqlik kasb etadi “Turksib
yo’llarida”, “Hamza xotirasi’, “Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga”
sh’erlariga shunday xususiyat xosdir.
G’afur G’ulom Sharq va G’arb tarixi, falsafasi, madaniyatini .favqulodda
chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she’rlarida Injilu Qurondan
tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma’lumotlar, u yoki
bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari,
tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to’qimasiga singdirib
yuboriladi.
G’afur G’ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko’plab she’rlar yozdi.
1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o’n
kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik,
o’tkinchi hodisa va voqealarga bag’ishlangan bunday she’rlar adabiyot tarixida
ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o’ziga ham sir
emas edi. Zero, bunday she’rlarning ko’pi o’zlarini hurmat qilgan shoirlarningnainki “Tanlangan asarlari”, hatto muntazam chiqib turgan to’plamlariga ham
kiritilmas edi. G’.G’ulom ham bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta’kidlash
lozimki, g’afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug’orilgan falsafiy obrazlar
uning taqvim she’rlarida ham uchrab turadi.
G’afur G’ulom so’nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar
davomida O’zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy
xodim bo’lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab ilmiy maqolalar
yozdi, tarjimalar qildi. O’zining asarlari ham o’nlab tillarga o’girildi.
Mehnatlari evaziga u O’zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib
saylandi. Respublika Oily kengashiga deputat bo’ldi. Unga “Ozbekiston xalq
shoiri” yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak
mukofotlariga sazovor bo’ldi. Uning o’n ikki jilddan iborat mukammal asarlar
to’plami bosilib chiqdi.

(Visited 10 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz