Galapagos orollari haqida

Galapagos orollari rasman 1535-yil 10-mart kuni ispaniyalik ruhoniy Tomas de Berlanga tomonidan kashf etilgan.
U Panamadan Peruga kemada jo‘nagan, lekin tasodifan moʻljaldagi yoʻldan ogʻib ketgan.

Orollar o’z nomini ularda yashagan ulkan dengiz toshbaqalaridan olgan, chunki ispan tilida ular ko’plikda “galapagos” – “quruqlik toshbaqalari” deb ataladi.

1832-yil 12-fevralda Ekvador Galapagos orollarini anneksiya qildi.

1835-yilda orollarga ekspeditsiya bo’lib o’tdi, unda kema komandiri Robert Fitsroy va yosh tabiatshunos Charlz Darvin orollarni tadqiq qilishdi.

1936-yilda orollar milliy bog’ deb e’lon qilindi (bundan oldin orollar mahkumlar uchun surgun joyi bo’lgan).

1978-yilda – YUNESKOning Jahon merosi ob’ekti, 1985-yilda – Butunjahon biosfera qo‘riqxonasi deb e’lon qilindi.

1953-yilda Tor Xeyerdal Inklar merosini izlash uchun orollarga tashrif buyurgan.

(Visited 21 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim