Germaniya ta’lim tizimi

Germaniya Federativ Respublikasi ta’lim tizimi deyarli barcha respublikalarniki bilan bir xil. Maktabda ta’lim olish bepul, biroq o‘qish majburiy. Bordiyu 1 kun sababsiz dars qoldirsa, qonunchilikka ko‘ra, 300 yevrodan 1 200 yevroga jarima to‘lar ekan. Bavariyaning ta’lim tizimi haqida to‘liqroq ma’lumot olish uchun Myunxendagi Franz Mark gimnaziyasi dinshunoslik fanidan dars beradigan o‘zbek o‘qituvchisi Habiba Hamdamovaga yuzlandik…

— Bola betob bo‘lib qolsa, qanday yo‘l tutiladi?

— Agar bola betob bo‘lib qolgan bo‘lsa, dars boshlangunga qadar qo‘ng‘iroq qilib maktab rahbariyatini xabardor qilib qo‘yish shart. Yo‘qsa, maktab rahbariyatining o‘zi ota-onaga qo‘ng‘iroq qiladi. Bog‘lana olmasa, polisiyaga murojaat qiladi. Bola betobligi sabab, 2 kundan ortiq maktabga borolmasa shifokordan tibbiy ma’lumotnoma olib borishi shart. Yo‘qsa, bu holatda ham ota-onaga moddiy chora ko‘riladi.

Germaniyada ta’lim tizimi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bog‘cha tizimi joriy qilingan. Biroq bolani bog‘chaga berish majburiy emas. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari 6 yoshga to‘lganda haftada 2 marotaba maktab bilan tanishtiruv darslari yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, 2 nafar tarbiyachi 6 yoshdagi bog‘acha tarbiyalanuvchilarini haftada 2 marta maktabga olib boradi. Bu esa bolalarni maktabga moslashishiga qulay imkoniyatdir. U yerda 3 soat dars o‘tiladi, bunda harf o‘rgatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bog‘cha va maktab o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.

— Asli maktablar necha turga bo‘linadi?

— Boshlang‘ich maktab – 1-4-sinflarni o‘z ichiga oladi. Bu maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 4-sinfda topshirgan imtixon natijalarining o‘rtacha ko‘rsatgichiga qarab, o‘quvchilar 3 xil maktabga yo‘naltiriladi. Aniqrog‘i, Bavariyada 5-sinfdan boshlab o‘qish uchun, 3 xil maktab joriy qilingan:

1. Oddiy o‘rta maktab – asosan qoniqarli baho oladigan o‘quvchilar ta’lim oladi.

2. Real maktab – 4 bahoga o‘qiydigan o‘quvchilarni qabul qiladi. Real maktab asosan ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan.

3. Gimnaziya – aniq va qisman ijtimoiy-gumanitar fanlar jamlamasidan iborat maktab. Anglaganingdek, Gimnaziyada a’lo bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar tahsil oladi.

— Yozgi ta’til ham farqlansa kerak?

— Bavariyada yozgi ta’tillar kam, lekin har bir yarim oyda 6-7 kundan 2 haftagacha ta’til beriladi. Mazkur ta’tillar o‘rgangan bilimlari yodidan chiqib qolmasin, degan maqsadda joriy qilingan. Yozgi ta’til esa 45 kun atrofida bo‘ladi.

(Visited 149 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz