“Hali bolada” demang!

Bugungi avlod 20 yoshga kirsada yosh bola tabiyat bo’lib voyaga yetishining sabablaridan biri: “Hali bolada” deb uni orqaga tortish.
Shariyatda esa bola tarbiyasida doim buning aksi qo‘llangan bo’lib, bunga bir necha misollar keltiramiz.

Jumladan hali yosh bo‘lsada uni kunya bilan (Ya’ni Abu Fulon, Ummu Fulon) deb chaqirish.

Anas raziyallohu anhu aytadilar:
“Mening (endi sutdan ajragan) bir ukam bo’lib uning qushchasi bor edi.
Rosululloh sallolohu alayhi vasallam biznikiga kelsalar ukamga qarab: “Ey Abu Umayr qushchaga nima bo’ldi” der edilar”
(Imom Buxoriy rivoyati)

Demak, hali endi sutdan chiqqan bolaga kunya qo’yib, uning qo’l ostidagi qushchasini hol – ahvolini so’rab go‘yo unga katta odamdek muomala qilar edilar.
Yana imom buxoriy rivoyatida keladi: Rosululloh sallolohu alayhi vasallamga kiyimlar keltirildi. Ularning orasida bir qora ko’ylakcha bor edi. Shunda Rosululloh sallolohu alayhi vasallam aytdilar:
Bu ko’ylakchani kimga kiygizamiz deb o‘ylaysizlar?
Odamlar sukut qilishdi.
Shunda: “Menga Ummu Xolidni (yosh qizcha) olib kelinglar” dedilar. Ummu Xolidni ko’tarib olib kelindi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ko’ylakchani olib unga kiygizdilar”
Bu qissada ham u qizcha hali qo‘lda ko’tariladigan yoshda bo‘lganiga ishora qilinmoqda. Shunga qaramasdan uni Ummu Xolid deb kunyalandi.
Chunki kunya kishiga kattalik tuyg’usini berib uni mas’uliyatga tayyorlaydi.

Abdulloh ibn Zubayrning onasi Asmo binti Abu bakr aytadilar:

Abdulloh 7 yoshga to’lganda otasi Zubayr uni Rosululloh sallolohu alayhi vasallam oldilariga bay’at berish uchun jo‘natdi. Rosululloh uni kelayotganini ko‘rib tabassum qildilar va undan bay’atini qabul qildilar.

Aslida 7 yoshlik boladan bay’at olishga majburiyat yo‘q edi. Lekin Rosululloh sallolohu alayhi vasallam va Sahobalar ularni katta odamlardek muomala qilib tarbiyalashni istashar edilar.

Chunki shuning ortidan Hajjojlarga qarshi turadigan Ibn Zubayr yetishib chiqqan edi.

 

Telegram: @bola_tarbiyasi

(Visited 138 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz