Hans Kristian Andersen haqida

Hans Christian Andersen 1805-yil 2-aprelda Odens shahrida etikdoʻz oilasida tugʻilgan.

Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. “Improvizator” (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi.

Andersenning “Qoʻrgʻoshin soldatcha” (1838), “Bulbul”
(1843), “Irkit oʻrdakcha” (1843), “Qirolicha” (1844), “Ona” (1848) kabi mashhur ertaklari va “Suratsiz surat kitobi” (1840) shu davrda yaratilgan.

Andersen “Mulat” (1840) pyesasini, “Shoir bozori” (1842) yoʻl xotiralarini ham yozgan. “Ikki baronessa” (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi.

Andersenning juda koʻp ertaklari (“Irkit oʻrdakcha”, “Qirolicha” va boshqalar) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

1875-yil 4-avgustda Kopengagenda vafot etgan.

(Visited 59 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
[:ru] Комментарий [:uz] Fikr bildirish [:en]Add comment [:tj] Comment [:]

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovnasim