📌Hazm qilish sistemasi.
Hazm qilish organlari
–> og‘iz bo‘shlig‘i→
→halqum→ qizilo‘ngach→ oshqozon → ingichka→ yo‘g‘on →
→to‘g‘ri ichakdan iborat.
Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili
joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak
oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan aralashtiradi.
Og‘izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan
aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda
oziq ichak va oshqozonosti bezlaridan
ajralib chiqadigan hazm
shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm
bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tushadi;
u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga
chiqib ketadi✅
📌Nafas olish sistemasi.
Havo burun bo‘shlig‘i→ hiqildoq→ kekirdak→bronxlar→ ko‘krak qafasi→ o‘pkaga kiradi.
Ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan.
Nafas olganda qovurg‘alar ko‘tarilib, diafragma qorin bo‘shlig‘iga suriladi.
Buning natijasida ko‘krak qafasining hajmi oshadi, atmosfera
bosimi ta’sirida havo o‘pkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda
qovurg‘alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko‘krak bo‘shlig‘iga
ko‘tarilishi tufayli ko‘krak qafasi torayadi va havo o‘pkadan chiqib
ketadi.✅
📌Qon aylanish sistemasi. Sutemizuvchilar yuragi to‘rt bo‘lmali
bo‘lib, ikkita qorincha va ikkita bo‘lmadan tuzilgan.
Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat.
Sutemizuvchilar – qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning
arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan
Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin
bo‘shlig‘ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi
bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo‘lgan siydik ikkita
siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘kiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish
nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
📌Bosh miyasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi ham boshqa
umurtqali hayvonlarniki singari beshta bo‘limdan
iborat. Burmalar qancha ko‘p bo‘lsa, miya po‘stlog‘ida shuncha ko‘p hujayralar bo‘ladi.
Hayvonlar hayoti davomida hosil bo‘ladigan xilma-xil shartli reflekslar
miya po‘stlog‘ining faoliyati bilan
bog‘liq.✅
📌Sezgi organlari. Sutemizuvchilarning
hid bilish, eshitish, ko‘rish, ta’m o‘ljasining
hidini tez payqaydi. Tuproqda
yashaydigan ko‘rsichqonlarning
ko‘zi ojiz bo‘ladi.