Hijobda dars o’tish mumkinmi?

Men Farg’ona Davlat universitetida o’qituvchi bo’lib ishlayman. Savolim quyidagicha: ro’mol masalasida. Fakultet yoshlar bilan ishlash búyicha zam dekan ro’mol o’ragan qizlarimizni ro’mollaringni orqadan qilib o’ranglar, mumkin emas deb talab qilyapdi. Men ham yaqindan buyon ro’molga kirdim. Men va talabalarimni ro’mol o’rab yurishimiz uchun himoya qiladigan qonun hujjatlari haqida tushuncha bersangiz. Darsni ro’mol (hijob)da o’tishim mumkinmi?

YURIST JAVOBI:

👨‍⚖️ Bu savolga javob berish uchun milliy qonunchiligimizda belgilangan qoidalarni atroflicha tahlil qilib o’tamiz.

🙅‍♂️Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonuning (yangi tahriri) 14-moddasi beshinchi qismiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo’l qo’yilmaydi. Mazkur norma fuqarolarga jamoat joylarida ibodat libosida yurishni cheklamoqda.

❗️SHu bilan birga qonun chiqaruvchi ushbu cheklovga rioya qilmaganlar uchun alohida javobgarlikni nazarda tutmoqda. YA’ni Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 184-1(prim)-moddasida fuqarolarning yuqoridagi cheklovga rioya qilmasligi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’lishi belgilangan.

❓Biroq shu yerda bir necha savol tug’iladi:
1. Hijob ibodat libosimi yoki yo’qmi?
2. Qonun chiqaruvchi yuqoridagi normaga ibodat libosiga nimalardan iborat?
3. Hijob ibodat libosi bo’lsa, unda jamoat joyida yurish cheklangan bo’lsa, bu vijdon erkinligi haqidagi prinsip va konstitusiyaviy huquqqa zid kelmayaptimi?

Ma’lumki, Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi, shu bilan birga har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Bu huquq O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 31-moddasida o’z ifodasini topgan.

SHuningdek, yuqorida nomi keltirilgan qonunning 3-moddasida bu huquq yanada aniqroq shaklda mustahkamlangan.

❌ Uning ikkinchi qismiga ko’ra fuqaro o’zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o’z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo’l qo’yilmaydi.

☝️YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, shaxsning ma’lum bir dinga e’tiqod qilishi yoki qilmasligi, ma’lum turdagi ibodatlarni, rasm-rusumlarni qilishi yoki qilmasligi uning konstitusiyaviy huquqidir.

❌ SHaxsni e’tiqodi sabab kamsitishga, ajratishga diskriminasiya qilishga yo’l qo’yilmaydi. Bu milliy qonunchiligimizdagi deyarli har bir normativda o’z aksini topgan desak mubolog’a bo’lmaydi.

❌ YA’ni shaxsning ibodat libosi sabab uni kasitishga yoki uni ajratishga yo’l qo’yilmaydi.

➡️ Endi qonunda belgilangan qoidaga kelsak. Qonunda ibodat libosida jamoat joyida yurish taqiqlanmoqda. Lekin ushbu qonunda yoki biror normativ hujjatda ibodat libosiga nimalar kirishi haqida aniq bir qoida mavjud emas.

💁‍♂️ YUridik texnika jihatdan ushbu qoida tahlil qiladigan bo’lsak, shaxs tomonidan o’z diniga tegishli bo’lgan ma’lum bir ibodatni qilish vaqtidagina kiyiladigan kyim ibodat kiyimi hisoblanishi kerak.

❗️YAna bir savol tug’iladi Islom dini qoidalariga ko’ra ibodat uchun maxsus libos talab qilinadimi yoki yo’q?

☝️E’tibor bering! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha Qo’mita ibodat libosi tushunchasiga rasmiy izoh bergan. Unga ko’ra, Islom dinida maxsus “ibodat libosi” mavjud emas va Islom dini talab qiladigan ayollar yopib yurishi lozim bo’lgan kiyimni muslima ayollar har doim, ibodat paytida ham, undan boshqa paytda ham kiyib yurishi mumkin.

❗️Bundan ko’rinib turibdiki, hijob ibodat libosi emas!

❗️✅ SHunday ekan muslima ayollarimiz (opa-singilarimiz) bemalol hijobda yurishlari mumkin!

 

Foto manbasi

Manba

(Visited 205 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz