Hindiston haqida qiziqarli ma’lumotlar

Hindiston haqida ko’pchilik eshitgani rost. Bu davlat haqida ma’lumotlarni sizga taqdim etamiz.

1. HINDISTON AHOLISI SONINING KO’PLIGI DUNYODA 2-O’RINNI EGALLAYDI.

Hozirda Hindiston aholisi soni bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda, Xitoy esa birinchi o’rinda. Mamlakatda taxminan 1,3 milliard kishi istiqomat qiladi, aholi eng yuqori shaharlari Dehli va Mumbay; har biri 10 milliondan ortiq aholiga ega. 1951 yilda Hindiston oilani rejalashtirish dasturini boshlagan birinchi rivojlanayotgan davlatga aylanadi. Shu vaqtdan beri Hindiston aholisi to’rt barobariga ko’paydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining joriy prognozlariga ko‘ra, mamlakat aholisi 2030-yilga borib 1,5 milliardga, 2050-yilda esa 1,64 milliardni tashkil etishi mumkin.

2. HINDISTONDA SIGIRLAR MUQADDAS HISOBLANADI.

Hinduizm Hindistondagi asosiy dinlardan biri bo’lib, bu mamlakatda sigirlarni muqaddas deb hisoblashiga sababdir. Hinduizmda sigirlar muqaddas hisoblanadi, shuning uchun ular himoya qilinad va hurmat qilinadi. Hindu ma’budasi Bhoomi Yerni ifodalaydi va ko’pincha sigir shaklida ko’rsatiladi.

3. HINDISTONDA MASHXUR HOLI FESTIVALI NISHONLANADI.

Holi festivali hindularning festivali boʻlib, u ikki kun davom etadi. U Hindistonda paydo bo’lib sevgi, bahor va yangi hayotni anglatadi. Holi odatda mart oyida nishonlanadi, chunki u qishning tugashi va bahorning kelishini anglatadi.

Holining birinchi kunida odamlar yaxshilik yovuzlik ustidan g’alaba qozonishini nishonlash uchun gulxan atrofida yig’ilishadi. Festivalning ikkinchi kuni ko’pchilik biladigan kun bo’lib, unda ko’plab rangli parfyumeriya kukunlari, bo’yoqlar, suv to’pponchalari va sharlar mavjud bo’ladi. Odamlar bularning barchasini ko’chalarda bir-birlariga sachratadilar yoki sepadilar, bu oxir-oqibat rangli jang maydoni sahnasani eslatadi. Shu sababli, Holi festivali “ranglar festivali” sifatida ham tanilgan. Ikki kun davomida festivalda Xolika va Prahland va hind xudosi Krishna afsonasi nishonlanadi.

4. TUGATILGANIDAN SO’NG CHENAB KO’PRIGI DUNYODA ENG BALAND KO’PRIKKA AYLANADI.

Chenab ko’prigi Hindistonning Jammu va Kashmir hududida joylashgan bo’lib, Chenab daryosi (ko’prik nomi daryo nomidan kelib chiqqan) ustidan o’tadi. Hozirda qurilish ishlari davom etib, 2021 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Chenab ko’prigi qurib bitkazilgandan so’ng umumiy uzunligi 1315 m, balandligi esa 359 m ni tashkil qiladi; u dunyodagi eng baland temir yo’l ko’prigiga aylanadi. Loyiha Hindiston temir yo’llari vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda va taxminan 92 million dollarni tashkil etadi.

5. HINDISTONDA DUNYO MILLARDERLARNING KO’P QISMI ISTIQOMAT QILADI.

Hindiston katta miqdordagi boylik ega mamlakatdir. 2019 yilda Hindiston aholisining eng badavlat 10 foizi boylikning qariyb 80,7 foiziga egalik qilgani va aholining eng yuqori 1 foizi (boylik bo’yicha) mamlakat umumiy daromadining 21 foizini ishlab topgani taxmin qilingan.

Hindiston milliarderlar soni bo’yicha dunyoda AQSh va Xitoydan keyin uchinchi o’rinda ekanligini bilsak, bu ma’lumot biz uchun yanada tushunarliroq bo’ladi. Umuman olganda, Hindistonda aktivlari 30 million dollardan ortiq bo’lgan 7000 ga yaqin boy shaxslar va butun mamlakat bo’ylab taxminan 140 milliarder bor.

6. ZIRAVOVRLARNING 70% HINDISTONDA CHIQARILADI.

Ziravorlar o’simlik moddasi bo’lib, u asosan ovqatni ranglantirish yoki uni yanada mazali qilish uchun ishlatiladi. Hindistonliklar ko’p turdagi ziravorlarni o’zlarining ishtaha ochuvchi taomlariga ishlatadilar va aynan ziravorlar hind oshxonasini dunyo bo’ylab e’tirofga sabab bo’lganligining sababidir.

Bugungi kunda dunyodagi ziravorlarning taxminan 70% Hindistondan keladi, bu albatta aqlni ozdiruvchi raqamlarni tashkil etadi! Eng mashhur turlarga qora qalampir, doljin, zanjabil, muskat yong’og’i, paprika, zarchava (zanjabil) va vanil kiradi.

7. HINDISTON KO’PGINA VEGETARIANLARNING VATANIDIR

Agar siz Hindiston bo’ylab sayohat qilgan bo’lsangiz, u juda ko’p mazali vegetarian taomlari bo’lgan mamlakat ekanligini payqagandirsiz. Ma’lumotlarga ko’ra, Hindiston aholisining 15% dan 30% gacha madaniy va diniy e’tiqodlari tufayli qat’iy vegetarianlardir.
Tarix shuni ko’rsatadiki, jaynizm butun Hindistonda tarqalishi va Budda ta’limoti tufayli vegetarian bo’lish yanada keng tarqalgan. Hindu jamoalari ham vegetarian bo’lishga o’tishdi va endi bu Hindistonda shunchalik keng tarqalganki, KFC kabi g’arbiy oziq-ovqat tarmog’ida haqiqiy vegetarian menyusi mavjud.

8. HINDISTONDA YANGI DUNYO MO’JIZALARIDAN BIRI – TOJ MAHAL JOYLASHGAN.

Hindiston haqida o’ylaganimizda ayniqsa, sayohatchilarning xayoliga birinchi navbatda ulug’vor Toj Mahal keladi! Har yili millionlab odamlar ushbu ajoyib joyga tashrif buyurishadi va buning sababini tushunish qiyin emas! Ushbu go’zal maqbara Boburiylar sulolasidan bo’lgan imperator Shoh Jahon tomonidan 1632 yilda qurdirilgan. Uning rafiqasi farzandni dunyoga keltirayotgan vaqtda vafot etgani uchun Shoh Jahon uning xotirasiga Toj Mahalni qurdiradi. Mazkur yodgorlik YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan va “dunyoning yangi 7 mo’jizalari” dan biridir.

 

(Visited 19 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! @sadikovuz