HORUN ar-RASHID
HORUN ar-RASHID (763 yoxud 766 – 809.24.3) — abbosiylar sulolasidan boʻlgan xalifa (786-809).
Eron zodagonlari manfaatini ifoda etuvchi barmakiylar xonadonidan chiqqan vazirlar yordamida hokimiyatni idora qilgan.
803-yil barmakiylarni qirgʻin qilgach, davlatni yakka oʻzi boshqargan.
Horun ar-Rashid davrida mamlakatda qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo va madaniyat (asosan, adabiyot) ancha rivojlangan.
Lekin shu bilan birga davlatning tanazzulga yuz tutganligining belgilari ham namoyon boʻla boshlagan (Daylam, Suriya va boshqa viloyatlardagi qoʻzgʻolonlar).
Horun ar-Rashid Vizantiya bilan oʻtmishdoshlari boshlagan urushni davom ettirgan.
Horun ar-Rashid shaxsi haqida koʻplab rivoyatlar, badiiy asarlar yaratilgan.
«Ming bir kecha» ertaklarida u olijanob, adolatli hukmdor sifatida tasvirlangan.
Movarounnahrdagi Rofe‘ ibn Lays qoʻzgʻoloninn bostirish uchun harbiy safarga chiqqanda vafot etgan.