(Ўзбекча) Ibratli voqea

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

O‘qituvchi mudir xonasini eshigini jahl bilan ochib, o‘quvchini mudir tomon itarib yubordi. O‘qituvchi tinmay o‘quvchini haqoratlar edi.

Mudirga:

– Marhamat, ko‘rib qo‘ying, kiyinish uslubiga nazar soling, – deya o‘quvchining ko‘ylagini yengidan ko‘tardi.

O‘quvchi oqib tushayotgan ko‘z yoshlarini yashirdi. Mudir esa hayratdan turgan joyida tikilib turardi. O‘qituvchi (nazarida) «qurbonlik»ni «jallod» ga topshirib chiqib ketdi.

Paketchali choyni kim ixtiro qilganini bilasizmi?

Mudir qarshisidagi bolani sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Odamni e’tiborini tortadigan kiyinish uslubiga razm soldi.

Kiyimi o‘ziga katta, osilib yotar, yenglari shimarilgan edi. Mudir:

-O‘tir, o‘g‘lim, – dedi.

O‘quvchi mudirning muomalasidan ajablangancha o‘tirdi. O‘rtaga sukunat cho‘kdi.

O‘quvchining yoshi kichikligi va o‘qituvchining qo‘ygan ayblovi mudirni ajablantirardi. O‘quvchi esa, g‘azabnok muallimining gij-gijlashiga qaramay mudirning hotirjam o‘tirishidan hayratda edi.

O‘quvchi mudirning savol berishini kutib o‘tirardi.

Mudir:

– Nima bo‘ldi? – dedi.

O‘quvchi:

– Daftarimni olib kelmadim. -dedi.

Mudir:

– Nimaga? – dedi.

O‘quvchi:

– Yangi daftar olish esimdan chiqibdi.

Mudir:

-Eski daftaringchi?

O‘quvchi uyalib javob bermadi. Mudir yanada muloyimlik bilan savolini qaytardi. O‘quvchi javob berishga majbur bo‘ldi:

– Kechki o‘qishda o‘qiydigan akam oldi.

Mudir bolakayga mehribon otalarcha boqib:

-O‘g‘lim nima uchun kattalarga taqlid qilasan? Uzun ko‘ylak kiyib, yenglaringni shimarib olding? -deb

so‘radi.

Chiqindichilar shahri haqida eshitganmisiz?

Javob tariqasida aytilgan so‘zlar, bolakayning qalbidanda otashin edi.

Mudirni butunlay hayron qoldirdi. Javob chaqmoqdek mudirning quloqlari ostida jarangladi:

– Ko‘ylak meniki emas, akamniki. Men kunduzi kiyaman. Akam esa maktabdan qaytganimdan so‘ng, kechki maktabiga kiyib ketadi.

Mudir o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi, ko‘zlaridan yosh quyilib kelayotgandi.

Bolakayni murabbiylar xonasiga chiqishini aytdi. O‘quvchi chiqqach, xonasini qulfladi. Bolaning kiyishga kiyimi, yozishga o‘zining daftari yo‘qligidan rahmi kelib yig‘lab yubordi. Bu jamiyatning alamli nuqtasi.

Farzandlarimiz qanchadan – qancha daftar sotib oladilar…

Shkaflarida xilma-xil kiyimlari qalashib yotibdi…

Ba’zilarning esa…

Qo‘limizdagi behisob ne’matlarga shukr qilaylik!

Atrofimizdagi yaqinlarimizga e’tiborli bo‘laylik!

 

©Ummu Amina tarjimasi

(Visited 55 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Matn nusxasini olish taqiqlanadi! Shaxsiy ehtiyoj uchun kerak bo'lsa, telegram: @sadikovuz